AQSh Lukashenkoni prezident sifatida tan olmadi, Turkmaniston esa tabrik yo‘lladi

© Sputnik / Aleksey Drujinin / Mediabankka o‘tishPrezident RF V. Putin vstretilsya s prezidentom Belorussii A. Lukashenko
Prezident RF V. Putin vstretilsya s prezidentom Belorussii A. Lukashenko - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Aleksandr Lukashenko kecha oltinchi marotaba Belarus prezidenti vazifalarini rasman bajarishga kirishdi. Shu munosabat bilan YeI davlatlari Lukashenkoni tan olmasliklari xususida rasmiy bayonot bilan chiqish qildilar

TOShKENT, 24 sn - Sputnik. Kuni kecha, chorshanba kuni Minskda prezident Aleksandr Lukashenkoning inauguratsiyasi bo‘lib o‘tdi. Tadbir deyarli maxfiy o‘tdi desa ham bo‘ladi, negaki hukumat hech kimni oldindan xabardor qilmagan edi.

Prezident Belorussii Aleksandr Lukashenko na seremonii inauguratsii v Minske - Sputnik O‘zbekiston
Lukashenko Belarus prezidenti vazifasini bajarishga kirishdi

Davlat televideniyesi ham inauguratsiya jarayonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri efir olib bermadi.

Eslatib o‘tamiz, MSK ma’lumotlariga ko‘ra, Lukashenko bo‘lib o‘tgan prezident saylovlarida 80,1 % foiz ovoz olgan.

Inauguratsiya marosimidan so‘ng 27ta yevropa davlatlari Lukashenkoni Belarusning qonuniy prezidenti sifatida tan olishdan bosh tortdilar. Slovakiya YeI davlatlaridan birinchi bo‘lib Lukashenkoni prezident sifatida tan olmasligi to‘g‘risida bayonot bilan chiqdi. So‘ngra Chexiya, Litva, Polsha, Latviya, Estoniya, , Buyuk Britaniya, Kanada, Daniya ham xuddi shunday pozitsiyani bildirdi. 

Oradan sal o‘tib, GFR vazirlar mahkamasi rasmiy vakili Shteffen Zaybert kansler Angela Merkel tomonidan ham Lukashenko nomiga tabrik telegrammasi yuborilishiga umid qilish kerak emasligini aytdi. Berlinning rasmiy pozitsiyasiga ko‘ra, Belarusda bo‘lib o‘tgan saylovlar "demokratik saylovlarning minimal talablariga mutlaqo mos ravishda o‘tmagan". Bundan tashqari, Germaniya Lukashenko va uning apparati tinch namoyishchilarga qarshi zo‘ravonlikni qo‘llashni bas qilishlari lozimligini qayd etgandi.

Miting v podderjku deystvuyushego prezidenta Belorussii A. Lukashenko v Minske - Sputnik O‘zbekiston
Lukashenko 5-noyabrdan prezident sifatida tan olinmaydi - Yevroparlament

YeI davlatlari Belarusga nisbatan sanksiyalar kiritishga kelishdilar.

Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov Yevropa davlatlariga qarshi chiqdi va MDH mamlakatlari orasida birinchi bo‘lib Lukashenkoga tabrik yo‘lladi. Lukashenkoni prezident sifatida, shuningdek, Rossiya, Xitoy, Turkiya, Suriya, Qozog‘iston va Qirg‘iziston tan olgan.

Rossiya "maxfiy inauguratsiyaga" bu Belarusning ichki ishi, deya izoh bergan.

Sal keyin Ukraina va AQSh ham Belarusda bo‘lib o‘tgan prezident saylovlari natijalarini tan olmasliklari haqida bayonot bilan chiqishdi.

O‘z navbatida, prezidentlikka sobiq nomzod Svetlana Tixanovskaya hozirda o‘zini Belarus xalqi tomonidan saylangan "yagona yetakchi" deya atamoqda.

Kandidat v prezidenti Belarusi Svetlana Tixanovskaya vo vremya predvibornogo mitinga v parke Drujbi Narodov v Minske - Sputnik O‘zbekiston
Sirtqi kredit? Tixanovskaya Yevropa ittifoqidan yordam paketi xususida kelishuvga erishdi

Belarusda Lukashenkoning inauguratsiyasidan keyin yangi norozilik aksiyalari boshlangan. Mamlakat politsiyachilari norozilik namoyishchilari ishtirokchilarini vodometlar yordamida tarqatmoqda.

Belarusda ommaviy norozilik aksiyalari 9-avgustdan keyin, bo‘lib o‘tgan prezident saylovlarida amaldagi yetakchi Aleksandr Lukashenko g‘olib chiqqanidan so‘ng boshlangan edi. MSK ma’lumotlariga ko‘ra Lukashenko 80,1 % ovoz olgan. Birinchi kunlarda aksiyalar kuch tuzilmalari tomonidan bostirildi, norozichilarga nisbatan ko‘z yosh keltiruvchi gaz, shovqin granatalari, vodometlar, rezinali o‘qlar qo‘llanildi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, birinchi kunlarda 6,7 ming kishi qo‘lga olingan. Respublika IIV ma’lumotlariga ko‘ra, tartibsizliklar davomida yuzlab insonlar jabrlangan, shu jumladan, 130 nafar huquq-tartibot xodimlari ham. Saylovlar yakunlangach bir oy davmida aksiyalar ham ish ham dam olish kunlari o‘tkazildi. Lukashenkoning tarafdorlari ham uni qo‘llab-quvvatlab tadbirlar o‘tkazib kelmoqdalar.

Yangiliklar lentasi
0