Slovakiya Lukashenkoni qonuniy prezident sifatida tan olmadi

© Sputnik / Mediabankka o‘tishMiting v podderjku deystvuyushego prezidenta Belorussii A. Lukashenko v Minske
Miting v podderjku deystvuyushego prezidenta Belorussii A. Lukashenko v Minske - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Slovakiya TIV rahbari Ivan Korchok o‘zining Twitterida yozishicha, Lukashenko mamlakatni boshqarish uchun hech qanday qonuniy asosga ega emas.

TOShKENT, 23 sen – Sputnik. Slovakiya Yevropa ittifoqi davlatlari orasida birinchi bo‘lib Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoning qonuniy prezidentligini tan olmasligi haqida bayonot e’lon qildi.

Prezident Belorussii Aleksandr Lukashenko na seremonii inauguratsii v Minske - Sputnik O‘zbekiston
Lukashenko Belarus prezidenti vazifasini bajarishga kirishdi

Slovakiya TIV rahbari Ivan Korchok o‘zining Twitterida yozishicha, Lukashenko mamlakatni boshqarish uchun hech qanday qonuniy asosga ega emas.

"Bugun (Belarus prezidenti sifatida) inauguratsiyasi bo‘lib o‘tgan Aleksandr Lukashenko, davlatni boshqarish uchun hech qanday qonuniy asosga ega emas. U Belarusda bo‘lib o‘tgan na erkin, na adolatli o‘tgan prezident saylovlari uchun javobgardir. Slovakiya Belarus fuqarolarini qo‘llab-quvvatlaydi", - deb yozgan Korchok.

Sal oldin Aleksandr Lukashenko Belarus prezidenti vazifasini bajarishga kirishgani haqida xabar bergan edik. Belarus prezidenti o‘zining inauguratsiyasida belarus xalqi u mamlakatning birinchi prezidenti bo‘lganidan hech qachon pushaymon bo‘lmasliklari uchun zarur bo‘lgan barcha ishni amalga oshirishga va’da bergan.

Boysi OMONa na aksii protesta storonnikov oppozitsii v Minske - Sputnik O‘zbekiston
Belarus YeI sanksiyalariga xalqaro tashkilotlardan chiqish bilan javob qaytaradi - Makey

Belarusda ommaviy norozilik aksiyalari 9-avgustdan keyin, bo‘lib o‘tgan prezident saylovlarida amaldagi yetakchi Aleksandr Lukashenko g‘olib chiqqanidan so‘ng boshlangan edi. MSK ma’lumotlariga ko‘ra Lukashenko 80,1 % ovoz olgan. Birinchi kunlarda aksiyalar kuch tuzilmalari tomonidan bostirildi, norozichilarga nisbatan ko‘z yosh keltiruvchi gaz, shovqin granatalari, vodometlar, rezinali o‘qlar qo‘llanildi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, birinchi kunlarda 6,7 ming kishi qo‘lga olingan. Respublika IIV ma’lumotlariga ko‘ra, tartibsizliklar davomida yuzlab insonlar jabrlangan, shu jumladan, 130 nafar huquq-tartibot xodimlari ham. Saylovlar yakunlangach bir oy davmida aksiyalar ham ish ham dam olish kunlari o‘tkazildi. Lukashenkoning tarafdorlari ham uni qo‘llab-quvvatlab tadbirlar o‘tkazib kelmoqdalar.

Yangiliklar lentasi
0