Siyosat

Belarus YEI sanktsiyalariga xalqaro tashkilotlardan chiqish bilan javob qaytaradi - Makey

© Sputnik / Viktor Tolochko / Mediabankka oʻtishBoytsы OMONa na aktsii protesta storonnikov oppozitsii v Minske
Boytsы OMONa na aktsii protesta storonnikov oppozitsii v Minske - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Belarus TIV rahbari chet el siyosatchilarini toʻxtashga va vaziyatni ortga qaytarib boʻlmaydigan nuqtaga olib borib taqamaslik uchun oʻylab koʻrishga chorladi.

TOSHKENT, 19 sen – Sputnik. Belarus Yevropa Ittifoqi sanktsiyalariga javob qaytarishi va xalqaro tashkilotlardan chiqish masalasini oʻrtaga tashlashi mumkin, deb bayonot qildi Belarus TIV rahbari Vladimir Makey BMT Bosh Assambleyasi 75-sessiyasi umumiy muzokaralari davomida. Stenogramma idora saytida eʼlon qilingan.

Prezident Belarusi Aleksandr Lukashenko - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Yevropa parlamenti Lukashenkoni Belarus prezidenti deb tan olmadi

Yevropa Ittifoqi mamlakatlari uchun tayyorlangan sanktsiyaviy roʻyxat loyihasi tayyorlab qoʻyilgan, Minsk YEIning tegishli qarori qabul qilinishini kutmoqda, dedi respublika tashqi ishlar vaziri.

"Tabiiyki, biz Yevropa Ittifoqi qaroriga adekvat javob qaytarishga majbur boʻlamiz. Bunda, albatta, YEIning turli tuzilmalari vakillari, shuningdek, Yevropa Ittifoqining alohida aʼzo-mamlakatlari va vakillariga nisbatan personal sanktsiyalar ham boʻladi. Roʻyxat loyihasini tayyorlab qoʻyganmiz. Biz uni YEIning tegishli qarori qabul qilinganidan soʻng darhol ishga tushirishga tayyor boʻlamiz", -deb bayonot qildi Makey.

U shuningdek, agar Belarusni shunga majbur qilishsa, mamlakat koʻrishi mumkin boʻlgan boshqa "mutlaqo radikal choralar" toʻplami ham mavjudligini qayd etdi.

Belorussko-ukrainskaya granitsa - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Belarus Litva va Polsha bilan chegaralarni yopdi

"Biz faoliyati Belarussiz maʼnosini yoʻqotadigan turli tashabbuslar, tashkilotlarda oʻz ishtirokimizni qayta koʻrib chiqishimiz mumkin", - deya ishontirdi Makey.

Vazir oʻz chiqishi davomida chet ellik siyosatchilarni, kech boʻlmasidan, holatni toʻgʻrilab boʻlmaydigan chiziqqa taqamasdan oldin yaxshilab oʻylab koʻrishga, toʻxtashga va respublikadagi vaziyatga idrok bilan baho berishga urinib koʻrishga chaqirgan.

"Belarus davlati rahbari qoʻshnilar bizga Xudo tomonidan berilganini, biz birga yashashga mahkum ekanligimizni, shu bois barcha muammolarga konstruktiv normal yoʻnalishda yechim topish yoʻllarini topishimiz kerakligini koʻp bora aytgan. Afsuski, soʻnggi vaqtlarda biz qoʻshnilarimiz, birinchi navbatda, Litva va Polsha tomonidan shunday konstruktiv yondashuvni koʻrmayapmiz… Hamkasblarim bir muddat toʻxtab, oʻylab koʻrishlarini, holatga xolisona, idrok bilan baho berishlarini va uni ortga qaytarib boʻlmaydigan bir nuqtagacha olib borib taqamasliklarini xohlardim", - degan Makey.

Analitika
Nosogʻlom faollik: Amerika Belarus chegarasi yaqinida nimadir qilmoqda

Keyin nima boʻladi?

TIV rahbari respublikada rejalashtirilayotgan konstitutsiyaviy islohotlar haqida ham soʻzladi. Uning aytishicha, siyosiy partiyalar jamiyatda muayyan rolni oʻynashlari kerak, ammo ular sunʼiy yaratilgan va destruktiv boʻlishi nojoiz.

"Belarus prezidenti konstitutsiyaga oʻzgartirish kiritish boʻyicha taklif tayyorlanayotganini maʼlum qildi... Menimcha, mamlakat siyosiy tizimni takomillashtirish boʻyicha maʼlum takliflar kiritiladi. Mening tushunchamga koʻra siyosiy partiyalar jamiyatda muayyan rol oʻynashi kerak ", - dedi Makey.

Makeyga koʻra, partiyalar destruktiv boʻlishi kerak emas.

"Bu partiyalar qanday rol oʻynashi kerak, degan muhim savol turibdi. Agar ular roli destruktivdan iborat boʻlib, shu paytga qadar yaratilgan hamma narsani yoʻq qilishga yoki ustidan magʻzava agʻdarishga qaratilgan boʻlsa, bu partiyalar faoliyatidan ne naf?", - degan vazir.

Idora rahbari respublika prezidenti tomonidan boshlangan konstitutsiyaviy islohotlar doirasida ichki siyosiy tizimni rivojlantirishga qaratilgan bir qator tadbirlarni amalga oshirish vaqti kelganini taʼkidladi.

Yangiliklar lentasi
0