Oʻzbekiston Qirgʻizistonga avia-reyslar sonini oshirmoqda

© AFP 2023 / ADRIAN DENNISSamolet uzbekskix avialiniy
Samolet uzbekskix avialiniy - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Eslatib oʻtamiz, ilgariroq oktyabr oyidan boshlab Oʻzbekistonga aviatsiya, temir yoʻl va avtoyoʻl oʻtkazish punktlari orqali kirib-chiqishga ruxsat berilgani haqida xabar bergan edik.

TOSHKENT, 22 sen - Sputnik. Oʻzbekiston 1 oktyabr sanasidan Bishkekka parvozlar sonini oshirmoqda. Bu haqda  Uzbekistan Airways matbuot-xizmati xabar qilmoqda.

Samolet aviakompanii AirArabia - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
BAA aviakompaniyasiga Oʻzbekistonga muntazam parvozlarni amalga oshirishga ruxsat berildi

"2020-yil 1-oktyabrdan boshlab Bishkekga qatnovlar haftasiga 2 marotaba amalga oshiriladi", - deyiladi xabarda.

Parvozlar jadvali bilan aviakompaniya rasmiy veb-saytida tanishish mumkin.

Eslatib oʻtamiz, ilgariroq oktyabr oyidan boshlab Oʻzbekistonga aviatsiya, temir yoʻl va avtoyoʻl oʻtkazish punktlari orqali kirib-chiqishga ruxsat berilgani haqida xabar bergan edik.

1 oktyabrdan boshlab, Qozogʻiston, Turkmaniston, Tojikiston va Afgʻoniston bilan chegarada joylashgan avtoyoʻl oʻtkazish punktlari orqali Oʻzbekistonga kirayotgan shaxslar koronavirusga PZR yoki ekspress-test yoxud antigen tekshiruvidan oʻtgan holda 14 kunga mehmonxona yoki uy karantiniga yuboriladi.

V Samarqand priletel ocherednoy charter iz Sankt-Peterburga - Sputnik Oʻzbekiston
Samarqand xalqaro aeroporti Rossiyadan kelgan 500ga yaqin oʻzbekistonliklarni qabul qildi

Shuningdek, xorijdan Oʻzbekistonga kirib kelishning yangi tartibi eʼlon qilindi

Respublika maxsus komissiyasi qarori asosida, xorijiy davlatlardan avia, temir yoʻl va avtotransport vositasi orqali Oʻzbekistonga keluvchi shaxslarni qabul qilishning yangi tartibi joriy etiladi.

Soʻnggi 14 kun davomida "yashil" davlatda (Xitoy, Tailand, Malayziya, Janubiy Koreya, Gruziya, Vengriya, Finlandiya, Latviya, Avstriya va Yaponiya) boʻlib turgan shaxslar – Oʻzbekiston hududiga toʻgʻridan toʻgʻri kiritiladi.

"Sariq" (Ozarbayjon, Belarus, BAA va Yevropa Ittifoqi davlatlari (Buyuk Britaniya va Ispaniya bundan mustasno) hamda "qizil" davlatlardan (qolgan barcha davlatlar) kirib kelayotgan shaxslar – soʻnggi 72 soat davomidagi koronavirusga PZR testi manfiy natijalari toʻgʻrisida maʼlumotnoma taqdim etgan holda Oʻzbekiston hududiga kiritiladi.

Passajirы v aeroportu Domodedovo imeni M. V. Lomonosova - Sputnik Oʻzbekiston
Uzbekistan Airways Qozogʻistonga borayotganlarga muhim eslatma bilan chiqdi

Agar shaxs soʻnggi 72 soat ichida koronavirusga test topshirmagan boʻlsa yoki shaxsda koronavirus infektsiyasining alomatlari (yoʻtal, isitma va b.q.) mavjud boʻlsa, Oʻzbekistonga kelganidan soʻng oʻtkazish punkti (aeroport, vokzal yoki boshqa) hududida oʻz hisobidan koronavirusga PZR yoki ekspress-test yoxud antigen tekshiruvidan oʻtadi hamda Oʻzbekiston hududiga kiritilib, 14 kunga mehmonxonaga yoki uy karantiniga yuboriladi.

Oʻzbekistonga kelayotgan shaxslardan 14 kun davomida mehmonxonada yoki uy karantinida boʻlish majburiyatini zimmasiga olish toʻgʻrisida tilxat olinadi.

Tekshiruv natijalari musbat boʻlgan taqdirda, shaxs belgilangan tartibda karantin markazi yoki xohishiga koʻra mehmonxonaga karantinga joylashtiriladi.

Yangiliklar lentasi
0