Uzbekistan Airways Qozogʻistonga borayotganlarga muhim eslatma bilan chiqdi

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka oʻtishPassajirы v aeroportu Domodedovo imeni M. V. Lomonosova
Passajirы v aeroportu Domodedovo imeni M. V. Lomonosova - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
PTSR usuli bilan COVID-19ga manfiy natijali maʼlumotnomani olish uchun, Oʻzbekistonda parvozdan kamida 4 kun oldin tibbiyot muassasasiga murojaat qilinishi tavsiya etiladi.

TOSHKENT, 19 sen - Sputnik. Uzbekistan Airways Qozogʻistonga borishni rejalashtirayotgan fuqarolarga muhim eslatma bilan chiqdi.

Boing-767 aviakompanii Uzbekistan Airways - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston 1 oktyabrdan oʻz chegaralarini toʻliq ochmoqda

Taʼkidlanishicha, Qozogʻiston Respublikasiga ketayotgan Oʻzbekiston fuqarolariga qoʻyilgan yangilangan talablar 19-sentyabrdan kiritiladi.

Aeroportda parvozga roʻyxatdan oʻtish vaqtida bahsli vaziyatlarning oldini olish maqsadida, PTSR usuli bilan COVID-19ga manfiy natijali maʼlumotnomani olish uchun, Oʻzbekiston Respublikasining tibbiyot muassasalariga vaqtida (parvozdan kamida 4 kun oldin) murojaat qilinishi tavsiya etiladi.

Maʼlumotnoma ingliz yoki rus tillarida boʻlishi lozimligi belgilangan.

Aqtau va Urganch oʻrtasida parvozlarni yoʻlga qoʻyish muhokama qilindi >>>

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston va Qozogʻiston 11 sentyabrdan muntazam parvozlarni rasman qayta tiklagan edi.

Yangiliklar lentasi
0