TOSHKENT, 22 sen — Sputnik. BAAning “Air Arabia Abu Dhabi LLC” aviakompaniyasi Oʻzbekistonga muntazam parvozlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma oldi. Bu haqda Transport vazirligi axborot xizmati xabar qilmoqda.
Oʻzbekiston va Birlashgan Arab Amirliklari hukumatlari oʻrtasida imzolangan Havo qatnovi toʻgʻrisidagi bitim asosida “Oʻzaviatsiya” agentligi tomonidan "“Air Arabia Abu Dhabi LLC” kompaniyasiga muntazam parvozlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma berildi.
Airbus-320-214 havo kemalarida parvozlar Abu-Dabi – Toshkent – Abu-Dabi yoʻnalishlarida amalga oshiriladi.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston 4 sentyabrdan BAA bilan muntazam parvozlarni qayta tiklagan edi.