Suv, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik: Mirziyoyev videoselektor o‘tkazdi

© Press-slujba prezidenta Shavkat Mirziyoyev na videoselektornom soveshanii po razvitiyu lesnogo xozaystva
Shavkat Mirziyoyev na videoselektornom soveshanii po razvitiyu lesnogo xozaystva - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev raisligida 18-sentabr kuni ichimlik suvi ta’minoti va kanalizatsiya tizimini takomillashtirish, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarini jadallashtirish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

TOShKENT, 18 sen — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 18-sentabr kuni ichimlik suvi ta’minoti va kanalizatsiya tizimini takomillashtirish, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarini jadallashtirish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Shkola - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston maktablarda ta’tillar jadvali o‘zgarishi mumkinmi - tafsilotlar

Yig‘ilish avvalida davlat rahbari koronavirus bilan bog‘liq vaziyatga to‘xtalib o‘tdi. Kasallik hamon butun dunyo bo‘ylab keng tarqalayotgani, so‘nggi kunlarda yurtimizda ham bemorlar soni ko‘paygani afsus bilan qayd etildi. Temir intizom va tartibni ta’minlab, barcha joylarda sanitariya talablariga qat’iy amal qilish kerakligi yana bir bor ta’kidlandi.

Kuz mavsumida shamollash ko‘payishi, koronavirusga qo‘shimcha boshqa kasalliklarning ortishini inobatga olib, bemorlar uchun yaratilgan zaxira o‘rinlarini ko‘paytirish, zarur tibbiy jihozlar va dori-darmonlar bilan ta’minlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Birinchi navbatda tibbiyot xodimlari va maktab o‘qituvchilarini, 65 yoshdan oshgan keksalarni grippga qarshi emlash zarurligiga e’tibor qaratildi.

Yig‘ilishda Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligiga ushbu tajriba asosida kelgusi yil uchun mo‘ljallangan 28 ta yangi loyihani mahalliy kengashlar bilan kelishish vazifasi qo‘yildi. Shuningdek, joriy yilda yakuniga yetkaziladigan 360 ta loyihani qabul qilib olish bo‘yicha topshiriq berildi.

Yig‘ilishda mamlakat bo‘ylab 27 ta tumanda ichimlik suvi bilan ta’minlash ishlari tanqid qilindi. Mavjud 70 ming kilometr suv quvurlarining 32 foizi eskirgan. Oqibatda ulardagi yo‘qotishlar darajasi 40-50 foizni tashkil etmoqda. Bu yiliga qariyb 500 million kub metr suv yoki o‘rtacha 300 milliard so‘m degani. Bundan tashqari, joylardagi nasos uskunalari va maxsus texnikalar ham ta’mirtalab bo‘lib qolgan.

Shu bois kelgusi yildan investitsiya dasturlarida sohaga ajratilayotgan mablag‘ning 10 foizini suv obyektlariga energiya tejovchi uskunalar o‘rnatish hamda maxsus texnikalar xarid qilish uchun yo‘naltirish zarurligi ta’kidlandi.

Tashkent - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda dam olish kunlari havo iliydi

Videoselektor yig‘ilishida iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha obyektlarini kuz-qish mavsumiga tayyorlash masalasi ham muhokama qilindi. 

Bu yil qish sovuq kelib, havo harorati oldingi yillarga nisbatan 2-5 daraja past bo‘lishi kutilmoqda. Shu munosabat bilan  Vazirlar Mahkamasiga tuman va shaharlardagi haqiqiy holatdan kelib chiqib, kuz-qishga tayyorgarlik yuzasidan Toshkent shahrining 12 ta tumani, Qoraqalpog‘iston va har bir viloyat bo‘yicha alohida-alohida qaror qabul qilish topshirildi.

O‘zbekiston Bosh vaziri Toshkent shahri tumanlariga, Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari viloyatlarga shu masalalar bo‘yicha mas’ul etib biriktirildi. Tayyorgarlik ishlarini, eng avvalo, bu borada ahvol og‘ir bo‘lgan 56 ta tuman va shahardan boshlash kerakligi ta’kidlandi.

1 noyabrga qadar 3 mingdan ziyod ta’mirga muhtoj ko‘p qavatli uyni kuz-qish mavsumiga tayyorlash, 131 ta ijtimoiy soha obyektini mukammal va 3 mingtasini joriy ta’mirlash vazifasi qo‘yildi. Tibbiyot va ta’lim muassasalarining tayyorgarlik holati ko‘rib chiqildi.

Politseyskie v maskax na ulitsax Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston
Karantin choralarini takroran kuchaytiriladimi - Nurmat Otabekov javobi

Bu yil kuz-qish mavsumi uchun 6 million tonna ko‘mir mahsulotlari zarurligi qayd etilib, ularni g‘amlash va yetkazib berish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi. Ko‘mir arzon bo‘lishi uchun uni import qiluvchi tadbirkorlarga temir yo‘lda tashish bo‘yicha chegirma berish muhimligi ta’kidlandi.

Bosh prokuraturaga ko‘mir narxini asossiz oshirib yuborish, tamagirlik va talon-toroj holatlarining oldini olish yuzasidan ko‘rsatma berildi.

“Hududgazta’minot” aksiyadorlik jamiyatiga tabiiy gaz tanqis hududlarga 385 ming tonna suyultirilgan gaz yetkazib berish vazifasi qo‘yildi.

Joriy mavsumda elektr energiyasiga talab o‘tgan yilgiga nisbatan 7,5 foiz ko‘p bo‘lishi kutilmoqda. Bu soha barqaror ishlashi uchun issiqlik elektr stansiyalarini tabiiy gaz va mazut bilan ta’minlash, elektr tarmoqlari, podstansiya va transformatorlarni ta’mirlash muhimligi ta’kidlandi.

Videoselektor yig‘ilishida hukumat a’zolari, tegishli tarmoq va hududlar rahbarlari axborot berdi.

Yangiliklar lentasi
0