Karantin choralarini takroran kuchaytiriladimi - Nurmat Otabekov javobi

© AFP 2023 / YURI KORSUNTSEVPolitseyskie v maskax na ulitsax Tashkenta
Politseyskie v maskax na ulitsax Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Otabekovning so‘zlariga ko‘ra, karantin choralarini takroran kuchaytirilishiga asos bo‘ladigan sababning o‘zi yo‘q

TOShKENT, 18 sen - Sputnik. Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi, respublika bosh sanitariya inspektori Nurmat Otabekov 15-oktabrdan karantin tadbirlari qaytadan kuchaytiriladi, degan mish-mishlar nechog‘liq to‘g‘riligi yuzasidan berilgan savolga izoh berdi.

Svadebnie kolsa - Sputnik O‘zbekiston
Taniqli xonanda karantin qoidalariga amal qilmay to‘y o‘tkazganlik uchun jarimaga tortildi

Otabekovning so‘zlariga ko‘ra, karantin choralarini takroran kuchaytirilishiga asos bo‘ladigan sababning o‘zi yo‘q.

Uning aytishicha, koronavirus infeksiyasi bilan kurashishi uchun respublika sog‘liqni saqlash tizimi yetarli darajada dori vositalari, test sistemalar, shifo o‘rinlari, IVL (sun’iy nafas olish apprati), kislorod konsentratorlari va tibbiy maxsus kiyimlarning yetarli zaxirasi tashkil etilgan;

COVID-19 bilan kurashishda O‘zbekiston tibbiyot xodimlari xorijiy xamkasblari bilan muntazam aloqa o‘rnatgan va ilg‘or xalqaro tajribalarni respublika tibbiyot amaliyotiga tadbiq etish imkoniyati yaratilgan.

Shuningdek, fuqarolarning o‘zini va yaqinlarini sog‘ligini saqlash uchun karantin qoidalariga qat’iy rioya qilishni davom ettirish lozim, deb ta’kidlagan Otabekov.

Statsionarniy post dps na Drujbe narodov - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda 5-sentabrdan keyin qaysi karantin cheklovlari saqlab qolinadi
SSV vakili respublikada karantin bekor qilinmagani, faqat yumshatilganini eslatib o‘tdi.

"Bu davrda yo‘l qo‘yilgan mas’uliyatsizlik, ushbu kasallikka chalinish ehtimolini oshiribgina qolmasdan, ba’zi yondosh kasalligi bor odamlarda og‘ir kechishi, hatto o‘limga ham olib kelishi mumkinligini unutmaslik lozim; odamlar gavjum bo‘ladigan joylarda (istirohat bog‘lari, dam olish maskanlari, mahalla, ko‘chalar, savdo, transport va h.k) aholi tomonidan shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish qoidalarini buzilishi holatlariga barham berish bo‘yicha kengaytirilgan tushuntirish va nazorat tadbirlarini davom ettirish, belgilangan talablarni buzgan shaxslarga murosasiz bo‘lish kerak", - degan u.

Fuqarolarga o‘zlari, yaqinlari va atrofdagilarning sog‘lig‘i uchun mas’ul ekanliklarini doimo eslatib turish, ularni tartibga chaqirish, shuningdek, turli surunkali kasalliklarga chalingan va koronavirusni og‘ir o‘tkazishi mumkin bo‘lgan aholi qatlamini himoya qilishga qaratilgan tadbirlarni bajarishda aholini vijdonan yondoshishga chaqirgan.

Yangiliklar lentasi
0