O‘zbekiston maktablarda ta’tillar jadvali o‘zgarishi mumkinmi - tafsilotlar

© AFP 2023 / FRANCK FIFEShkola
Shkola - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
ozircha ta’til kunlariga o‘zgartirish kiritish rejalashtirilmagan, ta’til kunlarining o‘zgarishi zaruriyati yuzaga kelganda Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan amalga oshiriladi va bu haqda keng jamoatchilik xabardor qilinadi.

TOShKENT, 18 sen - Sputnik. Amaldagi tartibga ko‘ra o‘quv yili 2-sentabrdan 25-mayga qadar davom etadi. O‘quv yil 34 xaftadan iborat 4 ta chorakka bo‘linadi, har bir chorak oralig‘ida ta’tillar belgilangan.

Shkola №27 Mirzo-Ulugbekskogo rayona Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston
Yangi o‘quv yili, pandemiya: maktablar faoliyat yuritishga tayyormi?

Vazirlar Mahkamasining 2017-yilda tegishli qarori bilan tasdiqlangan Nizomga muvofiq, ta’til kunlari quyidagicha belgilangan:

kuzgi ta’til- 4-noyabrdan boshlab 6 kalendar kun;

qishqi ta’til- 28-dekabrdan boshlab 14 kalendar kun;

bahorgi ta’til - 21-martdan boshlab 7 kalendar kun;

yozgi ta’til - 26-maydan- 1-sentabrga qadar davom etadi.

1-sinf o‘quvchilari uchun esa fevral oyi davomida qo‘shimcha bir haftalik ta’til belgilanadi.

Ma’lumki, pandemiya sharoitida o‘quv yili 14-sentabrdan boshlandi. Hozircha ta’til kunlariga o‘zgartirish kiritish rejalashtirilmagan, ta’til kunlarining o‘zgarishi zaruriyati yuzaga kelganda Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan amalga oshiriladi va bu haqda keng jamoatchilik xabardor qilinadi.

Yangiliklar lentasi
0