Bir tomondan, tubdan ortda qolgan, nodemokratik Rossiyaning murakkab ilmiy va texnologik sohalarda bunday yutuqlarni amalga oshirishga haqqi yo‘q edi. Boshqa tomondan esa – astronomik kattalikdagi mo‘may yutuq turibdi, u G‘arb farmatsevtika konsernlari yonidan suzib o‘tib ketishi degan fikrning o‘zi, u yerda jig‘ildon qaynashini keltirib chiqarishi mumkin. Masalan, Hindistonga 100 million dozani yetkazib berish to‘g‘risidagi kelishuvning o‘zi e’tiborga loyiq.
Rossiya rus olimlarining ilmiy ish natijalarini obro‘sizlantirish uchun ko‘plab urinishlarga duch kelganligi ajablanarli emas: katta siyosat, katta pul.
Biroq, akulalar yonida, xo‘jayin stolidan qandaydir yegulik olib turadigan - yopishqoq-baliqlar uchun har doim joy topiladi.
Dunyodagi eng qadimiy va nufuzli tibbiyot jurnallaridan biri The Lancet da “Sputnik- V” vaksinasining sinov natijalari to‘g‘risida nashr etilgan maqola atrofida shunga o‘xshash voqea paydo bo‘ldi.
Maqola yashin tezligida tanqidga uchradi.
Jahon OAVlari tomonidan tarqatilgan katta yangilik – bu ochiq maktub bo‘ldi, unda Amerika Templ universiteti biologiya professori Enriko Bussi "ehtimol, rus tadqiqotchilar yo‘l qo‘ygan xatolar” borasidagi qo‘rquvlar yuzasidan fikr bildirgan. Uni 25 ga yaqin G‘arb olimlari qo‘llab-quvvatladi.
The Lancet rossiyalik tadqiqotchilarga berilgan savollarga javob berishni taklif qildi, bu o‘z navbatida bajarildi.
Gamaleya markazi nashrga “Sputnik-V” vaksinasini o‘rganish bo‘yicha to‘liq klinik protokolni taqdim etdi. Rossiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya jamg‘armasi rahbari Kirill Dmitriyev maqola chop etdi, unda tanqidchilarning asosiy da’volari yuzasidan batafsil izoh bergan.
Shu o‘rinda muammo nafaqat mahalliy tadqiqotchilari e’tibor qaratgan ilmiy ishlarda emas.
Gap shundaki, janjal ko‘targan maktubning muallifi o‘zi juda diqqatga sazovor odam. Bi-bi-si materialida Enriko M. Buchchi "soxta fanga qarshi taniqli kurashuvchi" deb nomlangan. Biroq, "ilmdan ishbilarmon" xarakteristikasini qo‘llash to‘g‘ri bo‘lar edi.
2016 yilda Buchchi ilmiy ishlarni tekshirish, to‘g‘rilik va haqqoniylikni o‘rganishga ixtisoslashgan Resis Srl kompaniyasiga asos solgan.
Bu zamonaviy ilm-fanning juda dolzarb mavzusi. So‘nggi yillarda tadqiqotchilar nashr etgan maqolalarda ko‘p xatolar, shu jumladan qo‘pol xatolar ustida ushlanmoqda. Gap faqat suiiste’mol yoki firibgarlik to‘g‘risida emas, ko‘pincha haqqoniy kamchiliklar mavjud bo‘lib, ular fosh etilganda, olimlarning, hatto butun ilmiy muassasalarning obro‘siga ta’sir qiladi.
Aynan mana shunday muammolarning oldini olish uchun, mualliflar va tadqiqot tuzilmalar tez-tez o‘zlarining matnlarini mustaqil ravishda tekshirib ko‘rish maqsadida – chop etishdan avval - bu kabi ishlarga ixtisoslashgan firmalarga murojaat qilishadi.
Xususan, mazkur faoliyat uchun Germaniyaning Fris Lipmann instituti Buchchi kompaniyasini yollagan, bu yerda bir muncha vaqt oldin nashr etilgan ishlardagi xunuk xatolar tufayli katta janjal ko‘tarildi. Nature jurnali bir yil oldin ushbu voqea batafsil ma’lumot bergan.
Bunday biznes ma’lum axloqiy cheklovlarni keltirib chiqaradi, buni professor Buchchi yaxshi anglab yetadi. 2019-yil dekabrda Nature jurnali o‘zida ilmiy ishning sofligi va haqqoniyligiga bag‘ishlangan material nashr etildi, u yerda Buchchi hammualliflik qilgan. U yerda ham Enriko N. Buchchining manfaatlar to‘qnashuvi borligi ochiq oydin qilib ko‘rsatilgan.
Oddiy qilib aytganda, tijorat kompaniyasi egasi u ixtisoslashayotgan faoliyat to‘g‘risida omma oldida gapirganda, bu aslida o‘z kompaniyasining reklamasiga aylanadi.
Ammo, albatta, Rossiya vaksinasini "fosh qilish" haqida gap ketganda, bunday mayda-chuyda narsalar ahamiyat kasb etmaydi.
G‘arb Rossiya ishlanmalarining yetakchiligiga putur yetkazish yoki hech bo‘lmaganda ularni zaiflashtirish umidida yana bir zarba berish maqsadida Buchchining ochiq (va ma’nosi bo‘yicha o‘zini o‘zi reklama qilish) maktubidan foydalandi.
Professorning o‘zi esa shunday katta miqyosda, orzu ham qilmagan darajada piarni oldi. Aslida, bu "xaypga jilovlash" deb nomlanadi, bu tamoyil bo‘yicha yuzlab va minglab media-shaxslar harakat qiladi.
Shubhasiz, bu juda jozibador yangi tijorat shartnomalar shaklida unga natija beradi. Katta siyosatning loyqa suvida xaypni ovlash juda foydali bo‘lishi mumkin.
Ammo bu umuman fanga, xususan tibbiyotga va dunyo bo‘ylab yuz minglab odamlarning hayotini saqlab qolishga hech qanday aloqasi yo‘q.