Taniqli xonanda karantin qoidalariga amal qilmay to‘y o‘tkazganlik uchun jarimaga tortildi

© Sputnik / AlexTikhomirovSvadebnie kolsa
Svadebnie kolsa - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xonanda Vohidjon Isoqovning to‘yida 50 nafardan ziyod mehmon ishtirok etgan. Qoidabuzarlik uchun u 1 115 000 so‘m jarimaga tortildi.

TOShKENT, 16 sen — Sputnik. Toshkentda xonanda Vohidjon Isoqov karantin qoidalariga amal qilmay o‘tkazgan to‘yi uchun jarimaga tortildi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Gosti tansuyut na uzbekskoy svadbe - Sputnik O‘zbekiston
Andijonda 11 ta to‘yda karantin talablariga rioya qilinmadi

Avvalroq internetda poytaxtning Shayxontohur tumanida amaldagi sanitariya-epidemiologiya talablarini buzgan holda o‘tkazilgan to‘y tadbiri haqida xabar tarqalgan edi. Foto va videolarda mehmonlar soni 50 nafardan oshganini ko‘rish mumkin.

“SEX ishchilari tomonidan mazkur fakt asosida tadbirni tashkillashtirgan 32 yoshli Vhxidjon I. O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 54 moddasiga ko‘ra jarimaga tortildi. Unga BHMning 5 baravari miqdorida jarima belgilandi”, - deyilgan xabarda.

IIBB fuqarolardan sanitariya-epidemiologiya talablariga jiddiy qarashni so‘ragan va turli marosimlar fuqarolar va ularning yaqinlarining hayotini xavf ostiga qo‘yish uchun sabab bo‘la olmasligini ta’kidlagan.

Eslatib o‘tamiz, oilaviy tantana, to‘y, ma’raka va marosimlarni fuqarolarning uy-joyi va hovlisining o‘zida 30 kishidan ko‘p bo‘lmagan hamda sanitariya va gigiyena talablariga qat’iy rioya etgan holda o‘tkazishga ruxsat berilgan.

Yangiliklar lentasi
0