O‘zbekistonda 5-sentabrdan keyin qaysi karantin cheklovlari saqlab qolinadi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovStatsionarniy post dps na Drujbe narodov
Statsionarniy post dps na Drujbe narodov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2020 yil 5-sentabrdan keyin qator karantin cheklovlari saqlab qolinadi. Jumladan, to‘y, ma’raka va marosimlarni fuqarolarning uy-joyi va hovlisining o‘zida 30 kishidan ko‘p bo‘lmagan holda o‘tkazish.

TOShKENT, 1 sen — Sputnik. Respublika maxsus komissiyasining navbatdagi qarori bilan 2020-yil 5-sentabrdan keyin qator karantin cheklovlari saqlab qolinadi.

Quyidagi karantin cheklovlari:

- fuqarolarning jamoat joylarida ijtimoiy masofani (2 metr) saqlashi, tibbiy niqobda bo‘lishi, bunda ular tomonidan sanitar talablar buzilgan taqdirda qat’iy choralar (jarimaga tortish) ko‘rish;

- tana harorati 37 gradus va undan yuqori bo‘lgan yoxud infeksiya alomatlari mavjud bo‘lgan fuqarolarning jamoat joylariga chiqmasligi;

- supermarket va boshqa yirik do‘konlarning kirish-chiqish joylarini pirometrlar, dezinfeksion “to‘shaklar”, antiseptik vositalari bilan jihozlash, ularga kirishda har bir fuqaroning tana haroratini o‘lchab, 37 gradus va undan yuqori bo‘lgan yoxud infeksiya alomatlari mavjud bo‘lgan holatda kiritmaslik, ijtimoiy masofani saqlash, tibbiy niqobda bo‘lishini, shuningdek, ushbu obyektlarga kirishda fuqarolarni bepul tibbiy qo‘lqop bilan ta’minlash;

Posetiteli restorana vo vremya soblyudeniya distansii v Bangkoke - Sputnik O‘zbekiston
Maxsus komissiya restoran, kinoteatr va masjidlar faoliyatiga ruxsat berdi

- buyum va qurilish mahsulotlari bozorlari hamda buyumlar savdosi bilan shug‘ullanuvchi yirik do‘konlarda sanitar tozalash ishlarini o‘tkazish uchun haftada bir kun sanitar kunini e’lon qilish;

- davlat organlari, tashkilotlar va korxonalarda yig‘ilishlar o‘tkazishni taqiqlash, zarur hollarda yig‘ilishlarni videokonferensaloqa rejimida o‘tkazish;

- ommaviy tadbirlar o‘tkazishni taqiqlash;

- to‘yxonalar, tungi klublar, diskoteka, spa va massaj salonlar, karaoke, bilyard zallari, chilim (kalyan) va kompyuter o‘yinlari markazlari faoliyatini taqiqlash;

- oilaviy tantana, to‘y, ma’raka va marosimlarni fuqarolarning uy-joyi va hovlisining o‘zida 30 kishidan ko‘p bo‘lmagan (faqat yaqin qarindoshlar va ushbu tuman hududida istiqomat qiluvchi boshqa qarindoshlar) hamda sanitariya va gigiyena talablariga qat’iy rioya etgan holda o‘tkazish;

- 65 yosh va undan katta yoshdagi fuqarolar hamda surunkali kasalligi mavjud shaxslarning “o‘zini o‘zi yakkalash” hayot tarzida yashashini tavsiya etish va ogohlantiruvchi targ‘ibot ishlarini amalga oshirish;

- yo‘nalishsiz taksilarda yo‘lovchi tashish uchun avtotransport vositasi salonida haydovchi o‘rindig‘i yo‘lovchilar o‘rindig‘idan shaffof plastik yoki maxsus plonka bilan to‘silgan bo‘lishi, haydovchi va yo‘lovchi tibbiy niqobda bo‘lishi (tibbiy niqobsiz yo‘lovchini tashish taqiqlanadi), yo‘lovchilarni avtotransport vositasi saloni orqa o‘rindig‘iga o‘tkazilishi hamda faqat o‘z (avtotransport vositasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan) hududida harakatlanish.

Yangiliklar lentasi
0