AQShda Lenin jasadini sotib olish uchun 50 million dollar to‘plashdi

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishTelo Vladimira Ilicha Lenina v Mavzolee V.I. Lenina
Telo Vladimira Ilicha Lenina v Mavzolee V.I. Lenina - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AQShda Leninning mo‘miyolangan jasadidan art-obyekt sifatida foydalanishmoqchi bo‘lishdi. Buning uchun ular Rossiyaga mo‘may pul taklif qilishdi.

TOShKENT, 18 sen — Sputnik. Vladimir Leninning mo‘miyolangan jasadini sotib olish uchun AQShda 50 million dollar jamlandi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti, amerikalik rassom Devid Datunaga asosan. 

Mavzoley V. I. Lenina. - Sputnik O‘zbekiston
Lenin mavzoleydan foydalanish bo‘yicha tanlov e’lon qilindi

Biroz oldin Datuna Vashingtonda Lenin mavzoleyi nusxasini qurishni va u yerga Lenin jasadini olib kelishni taklif qilgan edi. Ushbu taklif Amerika va Rossiya fuqarolari tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.

Dastlab rassom dastlab jasadni sotib olish uchun o‘z hisobidan 1 million dollar taklif qilgan, lekin bir sutka ichida ushbu taklifni amalga oshirish tarafdori bo‘lgan turli fuqarolardan ko‘plab takliflar kelib tushgan. Tashabbuskorlar "Loyiha"ni amalga oshirish uchun 50 milliondan ortiq mablag‘ jamlashga tayyorligini bildirishgan. 

Ushbu taklif Rossiya Kommunistik partiyasi yetakchisi Gennadiy Zuganov tomonidan keskin kutib olindi. Siyosatchi amerikaliklar taklifiga "Faqat sotqinlargina o‘z vatanini, tarixini va daholarini sotadi" deb javob berdi. 

Bunga amerikaliklar "Axir Lenin nafaqat Rossiyadagi balkim butun dunyo proletariatining otasi bo‘lgan. Agar butunlay berishni istamasangiz, balkim vaqtincha berib turarsizlar", - deb javob qaytarishdi. 

Glava Chechenskoy Respubliki Ramzan Kadirov - Sputnik O‘zbekiston
Ramzan Qodirov Lenin jasadini ko‘mishni taklif qildi

Aytish joizki, amerikalik san’at ishqibozlarining ushbu taklifi asosida - sof tijoriy manfaatlar yotibdi. Rassom aytishiga qaraganda, hozir AQShda ko‘plab sotsial-kommunistik o‘zgarishlar sodir bo‘lmoqda va mavzoley ana shunday o‘zgarishlar timsoliga aylanishi mumkin. Bunday art-obyektlarga saylovlar oldidan talab juda katta bo‘ladi.

Asli kelib chiqishi gruziyalik bo‘lgan rassom Devid Datuna o‘zining siyosiy portretlar va bayroqlar aks etgan suratlari va installyatsiyalari bilan tanilgan. 

Eslatib o‘tamiz, biroz oldin Rossiya Arxitektorlar ittifoqi Lenin tanasi mavzoleydan olib ketilganidan so‘ng ushbu binodan qanday foydalanish mumkin, degan mavzuda tanlov e’lon qilgan edi. Lekin Rossiyada ushbu taklif ko‘pchillik tomonidan tanqid ostiga olindi va ayni damda Ittifoq o‘z tanlovini bekor qilgan. 

Yangiliklar lentasi
0