TOSHKENT, 2 noya — Sputnik. Ramzan Qodirov oʻzining Telegram-kanalida sovet davlati asoschisi — Lenin jasadini koʻmishni taklif qildi. RIA Novosti xabariga asosan.
Xabarda aytilishicha, Lenin jasadini koʻmish toʻgʻrisidagi qarorni — tarixda eng toʻgʻri qaror boʻlishini aytdi. Bu masala Rossiya prezidenti Vladimir Putin tomonidan hal etilishi kerakligini taʼkidlab oʻtdi.
Qizil maydondagi Mavzoleydan joy olgan Lenin tanasini koʻmish borasida qizgʻin bahs-munozaralar rus jamiyatida har yili koʻtariladi. Ammo shu paytga qadar soʻnggi qaror qabul qilingani yoʻq.
Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov ushbu masala boʻyicha jurnalistlarga izoh berdi. Jumladan, hozirgi kunda Lenin jasadini dafn etish masalasi Kreml kun tartibida yoʻq. Ushbu masala oʻta dolzarbdir, lekin bu boʻyicha turli mazmundagi fikrlar mavjud.
Yaqinda Rossiya prezidentlik saylovlarida oʻz nomzodini qoʻymoqchi boʻlgan Kseniya Sobchak va Yekaterina Gordon ham Qizil maydonidan Lenin jasadini olib tashlash taklifini ilgari surishgandi. Federatsiya Kengashi spikeri Valentina Matviyenko soʻzlariga koʻra, sovet yoʻlboshchisi jasadini koʻmish masalasi boʻyicha referendum oʻtkazilishi mumkin, lekin kelgusida.