TOShKENT, 14 sen - Sputnik. Moskva markazida Qizil maydonda joylashgan Lenin mavzoleyidan qanday maqsadlarda samarali foydalanish mumkin? Ushbu mavzuda turli xil g‘oyalarni jamlash maqsadida Rossiya Me’morlar Ittifoqi (Soyuz Arxitektorov) tanlov e’lon qildi.
Tanlov matnida aytishiga ko‘ra, be yerda hech qanday siyosiy motiv yo‘q, masad faqat g‘oyalar banki yaratish. Tanlov shu kunlarda bo‘lib o‘tayotgan "Zodchestvo" festivali doirasida e’lon qilingan.
Me’morlar Ittifoqining o‘zi esa - mavzoleydan Vladimir Leninning tanasi olib chiqib ketilganidan so‘ng ushbu binoni Shusev nomidagi me’morchilik muzeyi filialiga aylantirishni taklif qilgan. Ittifoq rahbari Nikolay Shumakov aytishiga qaraganda, ushbu bino Shusev loyihasi asosida qurilgan va bu yerda 1924 - 1925-yillar sovet arxitekturasiga bag‘ishlangan eksponatlar qo‘yish mumkin.
Ushbu xabarlarni Rossiya kommunistik partiyasi yetakchisi Zuganov keskin tanqid qildi. Siyosatchi aytishiga qaraganda ushbu tanlov e’lon qilinishi - hech narsaga asoslanmagan ig‘vo xolos.
"Hamma o‘zicha tentak bo‘ladi. Qizil Maydon ham Lenin mavzoleyi ham bizning tarixiy boyligimiz. ular juda ko‘p narsani ko‘rgan. Shu yerdan jangchilar saf tortib o‘tib keyin fashistlar bilan urushga kirgan. Ular bizning ota-bobolarimiz qahramonligi timsolidir. Davlat ramzini buzishga urinayotgan har qanday harakat - hech qanday ma’naviy asosga va me’moriya qadariyatga ega emas. O‘z tarixingizni hurmat qiling", - dedi Zuganov.
Eslatib o‘tamiz, Lenin mavzoleyi YuNESKO ro‘yxatiga qiritilgan tarixiy obyekt bo‘lib uning tashqi va ichki ko‘rinishi jiddiy o‘zgartirilishi mumkin emas. Rossiya hukumati yoki kommunistik partiya rahbariyati tomonidan Leninning jasadini qabristonga ko‘chirish haqida hech qanday qaror qabul qilingani ham yo‘q.