SSSRning natsizm ustidan qozongan g‘alabasidan AQSh va Yevropaliklarning xabari yo‘q

© Sputnik / Yevgeniy Xaldey / Mediabankka o‘tishReyxstag ustida g‘alaba bayrog‘i
Reyxstag ustida g‘alaba bayrog‘i - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AQShning aholisining 79%, Fransiyaning 58%, Germaniyaning 50% aholisi natsizm ustidan g‘alabani AQSh qozongan deb hisoblaydi.

TOShKENT, 5-may, Sputnik matbuot xizmati. AQSh va Yevropa hududida Sputnik.Mneniya tomonidan o‘tkazilgan so‘rovda, aholining faqat 15% Ikkinchi Jahon urushida natsizm ustidan qozonilgan g‘alabada asosiy rolni SSSR o‘ynadi deb javob bergan. AQShning aholisining 79%, Fransiyaning 58%, Germaniyaning 50% aholisi natsizm ustidan g‘alabani AQSh qozongan deb hisoblaydi.  Buyuk Britaniyada, aholining 59 % natsizm ustidan g‘alabaga aynan o‘z mamlakati erishgan deb hisoblaydi. Britaniyaliklarning faqat 11% Ikkinchi jahon urushida AQSh, 15% esa SSSR eng katta hissa qo‘shgan deb hisoblaydi.Ma’lumotlar Fransiyaning Ifop va Britaniyaning Populus kompaniyasi tomonidan,  Sputnik axborot agentligi uchun o‘tkazildi.

Germaniyada, natsizm ustidan g‘alaba qozongan mamlakat aynan SSSR ekanligini 24% aholi biladi. Qizig‘i shundaki, sharqiy va g‘arbiy Germaniya aholisining fikri bir-biridan keskin farq qiladi. G‘arbiy Germaniyada aholining 16% SSSRni g‘olib deb hisoblaydi, sharqiy Germaniya (sobiq GDR) va Berlinda– 35%. SSSRning natsizm ustidan g‘alabasini AQShda faqat — 7%, Fransiyada – 12 % aholi biladi.

Yevropaliklarning SSSR haqidagi fikri oxirgi 70-yil ichida keskin o‘zgargan. Fransiyaning ko‘p yillardan beri faoliyat yuritayotgan Ifop kompaniyasi ma’lumotiga ko‘ra 1944-yilda Parij aholisining 61% natsizm ustidan erishilgan g‘alabada asosiy rolni SSSR o‘ynagan deb hisoblar edi, 2004  yilga kelib bundaylar soni 20% ga tushib ketdi.

Qizil Armiya Yevropaning 50%dar ortiq hududini fashizmdan ozod qildi va boshqa ittifoqchilarga qaraganda bir necha barobar ko‘proq qurbon berdi. Qizil Armiya umumiy hisobda 16 mamlakat va 120 mln kishini ozod qildi va yana 6 mamlakatni ozod qilishda ittifoqchilar bilan birgalikda qatnashdi.

So‘rov AQSh va Buyuk Britaniyada Populus kompaniyasi tomonidan 2016-yilning 15-apreldan 21-apreligacha o‘tkazilgan. Fransiya va Germaniyada Ifop kompaniyasi tomonidan 2016-yilning 14-18 aprelida o‘tkazildi. So‘ralganlar soni 3036 kishini tashkil qildi. So‘ralganlarning yoshi, jinsi, va turar joyi ham aniqlangan. Har bir mamlakat doirasida xatolik ehtimoli +/- 3 %ni tashkil qiladi, ishonchlilik ehtimoli 95 %.

Sputnik.Mneniya loyihasi haqida

Sputnik.Mneniya  — jamoat fikrini o‘rganishga qaratilgan xalqaro loyiha bo‘lib, u o‘z faoliyatini 2015-yilning yanvarida boshlagan. Loyiha hamkorlari taniqli Populus, Ifop va Forsa ishlanishlar kompaniyalaridir. Sputnik.Mneniya doimiy ravishda Yevropa va AQShda eng dolzarb ijtimoiy va siyosiy masalalar bo‘yicha jamoat fikrini o‘rganish bilan shug‘ullanandi.

Sputnik (sputniknews.com) – o‘nlab mamlakatlarda multimedia axborot xablari bo‘lgan radio va axborot agentligidir. Sputnik 30dan ortiq tillarda axborotlar tarqatadi, radio eshittirishlar olib boradi va ijtimoiy tarmoqlarda faoliyat yuritadi. Yangiliklar kecha-kunduz inglis, arab, ispan va xitoy tillarida chiqib turadi.

Sputnik.Mneniya ning boshqa izlanishlari bilan quyida tanishing.

Yangiliklar lentasi
0