AQSh COVID-19 vaksinasini ishlab chiqishda Rossiya yordamini rad etgan - CNN

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Mediabankka o‘tishVaksina
Vaksina - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya koronavirusga qarshi vaksinani ishlab chiqishda AQShga "misli ko‘rilmagan hamkorlik"ni taklif qilgan.

TOShKENT, 14 avg - Sputnik. Rossiya koronavirusga qarshi vaksinani ishlab chiqishda AQShga "misli ko‘rilmagan hamkorlik"ni taklif qilgan, deb ma’lum qildi CNNga ismi oshkor qilinmagan Rossiya amaldorlari. Biroq, AQSh Rossiyaning tibbiy ishlanmalariga "ochiq" emasligini ma’lum qilib, rad etdi.

Binnofarm farmatsevtika zavodida COVID-19ga qarshi vaksina ishlab chiqarish jarayoni  - Sputnik O‘zbekiston
Hamma kutapti: COVID-19'ga qarshi vaksina qanday ishlab chiqarilmoqda
"Amerika tomonining Rossiyaga nisbatan umumiy ishonchsizligi sezilib turiladi va biz, texnologiyalarni, shu jumladan vaksinalar, sinovlar va davolanishni AQSh aynan ishonchsizlik tufayli qabul qilmaydi deb hisoblaymiz", - deya manbaning so‘zlaridan iqtibos keltiradi RIA Novosti.

CNN ma’lumotlariga ko‘ra, Moskva dori vositasining ishlab chiqishini tezlashtirishga qaratilgan "Sverxzvukovaya skorost" operatsiyasi doirasida o‘z yordamini taklif qildi. Hamkorlik "Sputnik V" vaksinasini AQShda ishlab chiqarishga imkon berishini ko‘zda tutgan edi. Ismi oshkor qilinmagan Rossiya amaldori Amerika tomonini taklifni qabul qilishga chaqirgan.

"Agar bizning vaksinamiz eng samaralilardan biri deb topilsa, unda: nega AQSh ushbu imkoniyatni chuqur o‘rganmadi va nega siyosat vaksinadan ustun chiqdi, degan savollar tug‘iladi", - dedi u.

Shu bilan birga, telekanal ma’lum qilishicha, amerikalik amaldorlarning fikriga ko‘ra, AQShda Rossiyaning vaksinasi "shu qadar to‘liq ishlanmagan deb hisoblanadiki, u hatto jiddiy qiziqish ham uyg‘otmadi".

Rossiya seshanba kuni “Sputnik V” deb nomlangan, barcha zarur tekshiruvlardan o‘tgan va barqaror immunitetni shakllantiradigan dunyoda birinchi COVID-19ga qarshi vaksinani ro‘yxatga olganini e’lon qildi.

Hozirda AQShda o‘z vaksinasi sinovlarining uchinchi bosqichi olib borilmoqda va uni yil oxirigacha olishga umid qilinmoqda.

Avvalroq N.F.Gamaleya nomidagi Epidemiologiya va mikrobiologiya ilmiy-tadqiqot institutida yaratilgan "Sputnik V" koronavirusga qarshi vaksina, olimlar fikriga ko‘ra, koronavirusdan himoyani kamida ikki yil davomida ta’minlash imkoniyatiga ega ekanligi haqida xabar bergan edik.

Yangiliklar lentasi
0