Sentabr oyida tez tibbiy yordamga qo‘ng‘iroqlar soni oshdi - SSV

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishKarantinniy sentr v Kommunarke
Karantinniy sentr v Kommunarke  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Joriy yil avgustning oxirgi 7 kunida Toshkentda chaqiriqlarning umumiy soni 18 316 ta bo‘lgan bo‘lsa, sentabr oyining birinchi haftasida esa 19 707 tani tashkil etdi

TOShKENT, 8 sen - Sputnik. Sentabrning dastlabki haftasida chaqiruvlar soni birmuncha ortgan. Bu haqda Toshkent shahar tez tibbiy yordam stansiyasi bosh shifokori Umidullo Riskiyev ma’lum qildi, deya xabar berilgan SSV telegram-kanalida.

Meditsinskiy rabotnik vozle krovati patsiyenta - Sputnik O‘zbekiston
SSV: koronavirus bemorlarining 366 nafari og‘ir, 198 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda

Xabarda aytilishicha, joriy yil avgustning oxirgi 7 kunida Toshkentda chaqiriqlarning umumiy soni 18 316 ta bo‘lgan bo‘lsa, sentabr oyining birinchi 7 kunligida esa 19 707 tani tashkil etgan.

"Bu ko‘rsatkichlar oxirgi haftada chaqiriqlarning umumiy soni 1 391 taga ortganini ko‘rsatadi. Aytish lozimki, 1–7 sentabr kunlari kelib tushgan chaqiruvlardan 6 145 tasi (umumiy chaqiriqlarning 31,2 foizi) tana haroratining oshishi, 3 091 tasi (u.ch. 15,7 foizi) o‘tkir respirator kasalliklari bilan bog‘liq bo‘lgan bo‘lsa, 814 tasi (u.ch. 4,1 foizi) esa pnevmoniya belgilari mavjud bemorlar tomonidan amalga oshirilgan", - deyiladi xabarda.

Zashitnie maski dlya meditsinskix rabotnikov - Sputnik O‘zbekiston
Koronavirusga chalinganlar soni kamayishda davom etmoqda - SSV

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 15-avgustidan boshlab O‘zbekistonda karantin choralari yumshatildi: avtotransport vositalarining harakati va bozorlar faoliyatiga bosqichma-bosqich ruxsat berildi. 5 sentabrdan esa qator faoliyat turlari: restoran, kafe, oshxona, choyxona), tomosha va madaniy-ko‘ngilochar obyektlari (faqatgina teatr va kinoteatr) hamda parklar va istirohat bog‘laridagi attraksionlar faoliyatiga cheklovlar bekor qilindi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi oxirgi bir hafta davomida koronavirus infeksiyasiga chalinganlar ko‘rsatkichi sezilarli darajada pasaygani xotirjamlikka berilish kerakligini anglatmasligini aytib, aholini hushorlikka va har bir fuqaroni o‘zini himoya qilish qoidalariga qat’iy amal qilishga chaqirgan.

Hozirga qadar olingan ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni 44 418 nafarga yetgan. Qurbonlar soni 360 nafarni tashkil etmoqda. Bemorlarning 94%i sog‘ayishga muvaffaq bo‘lgan.

Yangiliklar lentasi
0