Koronavirusga chalinganlar soni kamayishda davom etmoqda - SSV

© Sputnik / Mediabankka o‘tishZashitnie maski dlya meditsinskix rabotnikov
Zashitnie maski dlya meditsinskix rabotnikov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Koronavirusga chalingan bemorlarning 93 % sog‘aygan, ayni damda shifoxonalarda 2274 nafar bemorlar davolanmoqda.  

TOShKENT, 3 sen - Sputnik. O‘zbekistonda kunlik koronavirusga chalinganlar soni kamayishda davom etmoqda, deb xabar qildi Sog‘liqni saqlash vazirligi. 

2020 yil 3-sentabr soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 42688 kishini tashkil qilgan. Bugungi kuni hisobidan yangi kasallar soni +53 nafarni tashkil qilgan.

Yangi kasallanish holatlarining 47 nafari Toshkent viloyatida hamda yana 6 nafari Andijon viloyatida tana harorati ko‘tarilishi tufayli aniqlangan. Ular oldin koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan. 

Lechenie bolnix s COVID-19 v SKB RJD-Meditsina - Sputnik O‘zbekiston
Sentabr oxirida koronavirus bilan yoppasiga bemorlanish boshlanishi mumkin - Boronov

Chinoz tumanida yashagan 71 yoshli O.A. (ayol) hamda Olmazor tumanida yashagan 46 yoshli N.M. (ayol), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Bugun ayni paytga qadar Toshkent shahrida 115 nafar, Toshkent viloyatida 51 nafar, Sirdaryo viloyatida 17 nafar, Andijon viloyatida 7 nafar, Namangan viloyatida 6 nafar hamda Qashqadaryo viloyatida 2 nafar bemor tuzaldi.

Koronavirusga chalingan bemorlarning 40081 (+198) nafari, ya’ni - 93 % sog‘aygan. Ayni damda shifoxonalarda 2274 nafar bemorlar davolanmoqda.

Eslatib o‘tamiz Iyul Avgust oylarida O‘zbekistonda kuniga aniqlanayotgan yangi bemorlar soni 400-600 kishi atrofida, kasalxonalarda davolanayotganlar soni 7 mingdan oshgan edi. 

Yangiliklar lentasi
0