"Jiddiy muammo": ekspert O‘zbekistondan Tojikistonga gaz yetkazilishi qisqarayotgani haqida

© Sputnik / Mixail FomichevNa gazovom mestorojdenii
Na gazovom mestorojdenii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston va Qozog‘istondan amalga oshiriladigan gaz importi Tojikiston uchun strategik ahamiyatga ega, deydi ekspert Tilav Rasulzoda

TOShKENT, 5 sen — Sputnik. Qozog‘iston va O‘zbekistondan Tojikistonga suyultirilgan gaz yetkazilishining qisqarishi jiddiy muammo bo‘lib, uni eng qisqa fursat ichida davlat darajasida hal qilmoq lozim, dedi ekspert Tilav Rasulzoda Sputnik Tojikiston nashriga bergan intervyusida.

Otkritie Bistriskogo gazovogo mestorojdeniya v Lvovskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Tojikistonga gaz eksportini to‘xtatdi

Rasulzodaning so‘zlariga ko‘ra, Tojikiston birinchi galda, nima sababdan qo‘shni respublikalar suyultirilgan gaz importini cheklaganliklarini aniqlashtirish zarur bo‘ladi. Agar yetkazib berish hajmi bir haftaga bo‘lsa ham pasayadigan bo‘lsa, mamlakatda yoqilg‘i narxlari keskin ravishda oshadi, deya fikr bildiradi ekspert.

"Tojikiston suyultirilgan tabiiy gazni ishlab chiqarmaydi va bu mamlakatdagi aksariyat odamlar bu yoqilg‘idan foydalanadilar, chunki u arzon", - deydi Rasulzoda.

Bundan tashqari, yoqilg‘i narxining oshishi qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari narxiga ham ta’sir ko‘rsatishi mumkin, deya ogohlantiradi u.

Na territorii gazopererabativayushego zavoda - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Rossiyaga gaz yetkazib berishni to‘xtatdi

"Fermerlar o‘z mahsulotlari narxiga transportirovka harajatlari summasini ham qo‘shishlariga to‘g‘ri keladi, shu bois, biz buni xohlaymizmi-yo‘qmi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari qimmatlashadi", - deya tushuntiradi ekspert.

Mutaxassisning aniqlik kiritishicha, o‘zbek va qozoq gazi importi Tojikiston uchun strategik ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlab, shu bois, yoqilg‘i yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar to‘liq bir yilga imzolanishi kerak, deya aniqlik kiritadi. Chunki ana shundagina eksporter-davlat o‘z zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarishi kerak bo‘ladi. Shu bilan birga, chet el kompaniyalari Dushanbeni yetkazib berish hajmini qisqartirishlari haqida oldindan ogohlantirishlari kerak edi.

"Istalgan davlat shartnomadan istalgan vaqtda chiqishi mumkin, mazmunidagi holat yuz bermasligi kerak", - deya qayd etadi u.

Sal oldin Tojikiston monopoliyaga qarshi xizmati O‘zbekiston va Qozog‘istondan suyultirilgan gaz yetkazib berilishida uzilishlar yuz berayotgani haqida ma’lum qilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0