TOShKENT, 4 sen — Sputnik. O‘zbekiston yil oxiriga qadar Tojikistonga suyultirilgan tabiiy gaz yetkazib berishni to‘xtatdi. Bu haqida Sputnik Tojikistonga qo‘shni respublika Monopoliyaga qarshi kurash qo‘mitasi raisi Abdulmadjid Muminzoda xabar qildi.
Mo‘minzoda aytishiga ko‘ra, ayni damda Qozog‘iston ham sentabr oxiriga qadar Tojikistonga gaz yetkazib berishni to‘xtatgan.
Tojikiston Monopoliyaga qarshi kurash qo‘mitasi xabariga ko‘ra, Tojikiston tabiiy gazni asosan Qozog‘istondan sotib oladi (92,3 %) va biroz O‘zbekistondan (7,4%). Shuningdek Rossiyadan ham iste’molning 1%dan kam miqdorda tabiiy gaz sotib olinadi.
Eslatib o‘tamiz, 2020-yilning yanvar oyida O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov 2025-yilga kelib O‘zbekiston tabiiy gaz eksportini butunlay to‘xtatadi. Qazib olinayotgan barcha gar respublika ichida qayta ishlanadi, degan edi.
Shuningdek, "O‘ztransgaza" rahbari Ulugbek Sayidov ham tabiiy gazdan birinchi navbatda Respublika ichki bozorida yuqori qo‘shimcha qiymatga ega bo‘lgan mahsulot ishlab chiqarish uchun foydalanish afzalligini aytib o‘tgan edi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida bo‘lib o‘tgan majlislardan birida, koronavirus pandemiyasi oqibatida butun dunyoda uglevodorodlarga talab kamayishi tufayli O‘zbekiston tabiiy gaziga bo‘lgan ehtiyoj ham 3 baravar kamaygani qayd etilgan edi.