TOShKENT, 2 sen — Sputnik, Nikolay Protopopov. Pentagon o‘zining USS Seawolf - o‘ta yashirin, kuchi zarba berishga qodir va keng razvedka imkoniyatlariga ega bo‘lgan atom suv osti kemasini Rossiya chegaralariga yubordi. Maqsad – Rossiya suv osti kemalari yo‘nalishlarini kuzatish. Ekspertla mulohazasiga ko‘ra – bu Moskvaga yo‘llangan signal. Uning javobi qanday bo‘lishi haqida – RIA Novosti maqolasida tanishing.
“Dengiz bo‘risi” paradi
Amerikaliklar Norvegiyaga AQSh USS Seawolf (Dengiz bo‘risi) yetib kelgani haqida keng ommaga baralla e’lon qilishdi. Pentagonning eng maxfiy dengiz kemalaridan biri hisoblangan submarina suratlarini muassasa sahifalarida e’lon qilindi. AQSh Suv osti qo‘shinlari qo‘mondoni vitse-admiral Deril Kodl esa “Seawolfning bu yerga kelishi amerika suv osti qo‘shinlarining global xarakterga ega ekanini va Dunyo okeanining istalgan qismida topshiriqlar bajarish imkoniga ega ekanini namoyish qiladi dedi g‘urur bilan.
AQSh suv osti kuchlarining yana bir kontr-admirali Entoni Karullo Seawolfning Norvegiyaga kelishi AQShning suv ostida urush olib borishda shundoq ham keng bo‘lgan imkoniyatlarini yanada kengaytiradi va Vashingtonning Shimolda dengiz xavfsizligini ta’minlashga tayyorligini tasdiqlaydi, dedi.
Ayni damda AQSh Harbiy dengiz kuchlari tarkibida 3ta Seawolf turidagi suv osti kemasi bor. Ular 1980-yilarda ishlab chiqilgan va dushman nazorati ostida bo‘lgan hududlarda harakat qilishga mo‘ljallangan. Ushbu suv osti kemalari juda shovqinsiz harakatlanadigan bo‘lib boshqlaridan o‘zining o‘ta yashirin harakat olib borish imkoniyatlari bilan ajralib turadi. Shu bilan birga ular o‘ta kuchli kemalarga qarshi qurollar – torpedo, mina va “Garpun” va “Tomogavk” toifasiga kiruvchi raketalarga ega.
Uzunligi 100 metr bo‘lgan submarina suv ostida 35 uzel (65 km/s) gacha tezlashishi mumkin. Aytish joizki 20 uzelgacha (37km/s) ushbu submarinalar o‘ta shovqinsiz harakatlanadi. Dastlab AQSh floti 30ta ana shunday kemalarga ega bo‘lishi kerak edi. Lekin “Sovuq urush” tugaganidan so‘ng ushbu murakkab va qimmat kemalar AQSh flotiga kerak bo‘lmay qoldi. Harbiylar 3ta kema bilan cheklandi.
Pentagon xabariga ko‘ra, Seawolf AQShning Vashington shtatidagi Bangor bazasidan Ikkinchi flot, (ya’ni Shimoliy Atlantika) javobgarlik hududiga yetib kelgan. Ayni damda kema Norveriyaning Tromsyo bazasida, Rossiya raketa tashuvchi atom suv osti kemalari yo‘nalishi yaqinida joylashgan.
Eslatib o‘tamiz, AQShning ikkinchi floti bir necha yil oldin qayta tug‘ildi bo‘lgan. Sovuq urush yillarida ushbu bo‘linma eng katta bo‘lib Atlantika, Tinch va Shimoliy okeanlar akvatoriyasi uchun javobgar edi. Ushbu flot kemalari bir necha operatsiyalarda ishtirok etgan. Masalan 1960-yillar boshida sodir bo‘lgan kuba blokadasida. Budjetni iqtisod qilish maqsadida ushbu flot 2011-yilda tarqatib yuborilgan edi, lekin 7-yildan so‘ng “Shimolda Rossiyani ushlab turish uchun” yana qayta tashkil qilindi.
Ayni damda AQShning ushbu harakatlarini Bayroqlarni namoyish qilish deb atash mumkin, - deydi Sankt-Peterburg suv osti dengizchilari klubi raisi, 1 rang kapitani Igor Kurdin. – Tromsyo hech qachon atomo suv osti kemalari bazasi bo‘lmagan. Bu yerdan poxodlar orasida ta’mirlash yoki ekipaj dam olishi uchun foydalanish mumkin. Undan so‘ng “Sivulf” albatta Rossiya Shimoliy floti javobgarlik zonasi - Barensovo dengizi tomon yo‘l oladi. Kema muz ostiga kirib ketadi shekilli: - avgust oyi buning uchun mos keladigan mavsum”.
Darz ketgan obro‘y
Rossiya Shimoliy floti sobiq qo‘mondoni Vacheslav Popov ushbu namoyishning harbiy-siyosiy tomoniga e’tibor qaratmoqda.
“AQSh Artika harbiy teatri nafaqat Rossiya dengiz kuchlari tomonidan nazorat qilinishini ko‘rsatib qo‘ymoqchi, - deydi admiral. – Bu bilan Vashington ushbu hududda o‘zining borligini ko‘rsatib qo‘ymoqchi. Amerikaliklar bu yerlarda razvedka faoliyatini amalga oshirgan, oshirmoqda va kelajakda ham amalga oshiradi, rossiyaliklar kabi. Rossiya dengizchilari bo‘lsa ularning barcha harakatlarini kuzatib borishadi”.
Shunisi e’tiborga molikki, “dengiz bo‘risi” yetib kelishi bilanoq, yadroviy qurol tashishga qodir bo‘lgan, 6ta B-52 Stratofortress - strategik bombadimonchi samolyotlari Norvegiya qiruvchi samolyotlari bilan birgalikda o‘quv mashg‘ulotlarida ishtirok etdi.
Ustiga ustak, “parvoz qiluvchi qal’alar” Shimoliy Amerika va Yevropada birvarakayiga NATOning 30ta davlati ustidan uchib o‘tishdi. AQSh harbiy qo‘mondonligi bayonotida aytilishiga ko‘ra, bunday uchish Bombardimonchilar operativ guruhi doimiy mashg‘ulotlari uchun – betakror xarakterga ega bo‘lgan. “Ittifoqchi osmon” missiyasi NATO doirasida birdamlikni namoyish qilishga, jangovar tayyorgarlikni oshirishga hamda o‘zaro operativ hamkorlikni kuchaytirishga qaratilgandir.
Samolyotlar 2ta guruhga bo‘linishdi. To‘rtta “qal’adan” iborat birinchi guruh yo‘nalishi Yevropa ustidan o‘tgan bo‘lsa qolganlari ushbu vaqtda AQSh va Kanada ustidan uchib o‘tishdi. Ular havoda ularni kuzatib kelayotgan NATOning turli mamlakatlari qiruvchilari bilan o‘zaro muloqotda bo‘lib havoda yonilg‘i quyishdi. Bunday keng ko‘lamli va namoyishkor o‘quv mashg‘ulotlarini ham qandaydir ma’noda Rossiya tomon yo‘naltirilgan signal deb qabul qilish mumkin.
Javob reaksiyasi
Shu bilan bir vaqtda Moskva ham qarab turgani yo‘q va u ham okean ortidagi hamkasabalariga o‘z signallarini yo‘llamoqda. O‘tgan haftada Alyaska yaqinidagi betaraf hududda qo‘qqisdan paydo bo‘lgan Rossiya suv osti atom kemasi G‘arb OAVlarida katta shov-shuvga sabab bo‘ldi. Amerikaliklar ushbu kemada biror nosozlik yuz bergan bo‘lsa kerak deb o‘ylab darhol yordam taklif qilishdi.
Lekin Rossiya Mudofaa vazirligi darhol ularni tinchlantirdi: “Omsk” atom kreyseri “Okean qalqoni - 2020” keng ko‘lamli o‘quv mashg‘ulotlari doirasida suv ostidan ko‘tarilgan. Ma’lum bo‘lishicha Tinch okeani floti kemalari Bering dengizi akvatoriyasida raketalar uchirsh bilan shug‘ullangan. Xususan yaqinda zamonaviylashtirish jarayonidan o‘tgan “Omsk” kemasi shartli nishonni 300 km masofadan turib “Granit” kemalarga qarshi majmua yordamida yakson qilishni mashq qilgan. "Varag" kereyseri esa 450 kilometr masofadagi nishonni “Vulkan” raketasi yordamida yakson qilgan.
Mudofaa vazirligi namoyish qilgan videoda “Omsk” ekipaji o‘q uzishga tayyorlanishi, kema tezkor suv ostiga sho‘ng‘ishi hamda raketa otishga sanoq berilishi eshitilib turibdi.
“Biznikilar tez-tez NATO samolyotlarini Rossiya havo chegaralari yaqinida tutib olishmoqda. Bu normal amaliyot. E’tibor bering: oxirgi vaqtlarda ular Boltiq va Qora dengizlari ustidan juda ko‘p uchishmoqda. Biz ham ularga biz ham uxlamayapmiz, qayerda istasak o‘sha yerda paydo bo‘lishimiz mumkin, dedik”, - deb vaziyatga izoh berdi Rossiya Harbiy dengiz floti bosh shtabi sobiq boshlig‘i Viktor Kravchenko.
“Okean qalqoni” o‘quv mashg‘ulotlari Boltiq dengizi akvatoriyasida bo‘lib o‘tmoqda. Ularda o‘nlab harbiy kemalar, suv osti kemalari, dengiz aviatsiyasi va qirg‘oq qo‘shinlari ishtirok etmoqda. Mashg‘ulotlar Boltiq dengizida boshlandi. Dengizchilar harbiy kemalar va havo hujumiga qarshi harakatlarni mashq qilishdi. Kemalar torpedo va artilleriya qurollaridan o‘q otishdi. Yaqinda Tinch okeani floti o‘quv mashg‘ulotlarining navbatdagi bosqichi boshlandi – 50dan ortiq kemalar va 40qa yaqin samolyot va vertolotlar o‘ndan ortiq o‘quv-jangovar mashqlarni bajarishdi.