Dunyoda

Kiberhujumlarning 75 % AQSH tomonidan nazorat qilinadi - Xavfsizlik Kengashi

© Sputnik / Aleksey Malgavko / Mediabankka oʻtishRabota IT- spetsialista za kompyuterom
Rabota IT- spetsialista za kompyuterom - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Yetakchi xorijiy va Rossiya kompaniyalarining hisobotlari tahliliga koʻra - kompyuter hujumlarining eng katta qismi AQShda joylashgan infratuzilma yordamida amalga oshirilmoqda

TOSHKENT, 25 avgust - Sputnik. Dunyodagi kiberhujumlar aksariyati ortida AQSH turadi, bunga mavjud boʻlgan statistika dalolat beradi, u axborot maydonida "Rossiyaning mutlaq tahdidi" haqidagi uydirmalarni yaqqol rad etadi, deydi Rossiya Xavfsizlik Kengashi kotibi oʻrinbosari Oleg Xramov.

Rabota za kompyuterom. Klaviatura - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
AQShda kiber urush tayyorlanmoqda, deb hisoblaydi ekspert

"Argumentы i faktы" gazetasiga bergan intervyusida Xramov Rossiya qanday qilib Amerika tashvikotining Rossiya Federatsiyasini axborot tahdidlarining manbai sifatida taqdim etishiga qarshi turishi mumkinligini aytdi.

"Avvalo, raqiblarimiz tomonidan doimiy ravishda berkitib kelinayotgan dalillar. Masalan, axborot xavfsizligi sohasida ish olib borayotgan yetakchi xorijiy va Rossiya kompaniyalarining hisobotlari tahlili shuni koʻrsatadiki, kompyuter hujumlarining eng katta qismi AQShda joylashgan infratuzilma yordamida amalga oshirilmoqda", - dedi Xramov.

"Shu bilan birga, amerikaliklar zararli faoliyat statistikasi boʻyicha sezilarli yetakchilikka ega: 2016 - 2019 yillarda - zararli taʼsir turiga qarab, 40% dan 75% gacha", - deya qoʻshimcha qildi Xavfsizlik Kengashi kotibi oʻrinbosari.

Xramovning soʻzlariga koʻra, "bu koʻrsatkich Rossiyaga 2% dan 7% gacha beradi". "Gʻarbda oshkor qilinmagan, ammo ochiq manbada koʻrsatilgan bu maʼlumotlar har qanday aql-idrokli kishiga kibermakonda Rossiyaning mutlaq tahdidi haqidagi tezisning nomuvofiqligini yaqqol namoyish etadi", - dedi Xramov.

Xaker - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Yevropada kiber qoʻshin tuzildi

Shu qatorda, FQB maʼlumotlariga koʻra, har yili AQShning oʻzida 300 mingdan ortiq kiberhujumlar qayd etiladi, bu esa turli baholarga koʻra Amerika iqtisodiyotiga 57 dan 109 milliard dollargacha zarar yetkazadi, dedi Xramov. "Va biz chet ellik sheriklarimizga davlat darajasida kompyuter xujumlariga qarshi kurashda siyosiylashmagan hamkorlik yoʻlidan borishni qatʼiyat bilan taklif qilmoqdamiz", - deya qoʻshimcha qildi u.

Xramov, Rossiya tomonidan zararli faoliyatning namoyon boʻlishi toʻgʻrisida ekspert maʼlumotlarini doimiy ravishda kompyuter hodisalari boʻyicha Milliy muvofiqlashtirish markazi taʼminlashini eslatdi. "Bu kabi oʻzaro hamkorlik tashkil etilgan davlatlar soni 2019 yilda 116 tadan 146 gacha koʻpaygani yaxshi koʻrsatkichdir", - dedi Xavfsizlik Kengashi kotibi oʻrinbosari.

"Axborot almashinuvi ham oʻsib bormoqda. Biz tomondan hamkorlarimizga Rossiyaning axborot resurslariga nisbatan zararli harakatlar toʻgʻrisida 12 mingdan ortiq soʻrov yuborildi, boshqa mamlakatlardan esa 8 mingga yaqin bunday soʻrovlar kelib tushdi", - dedi Xramov.

Yangiliklar lentasi
0