"Bu kunlar har qachongidan-da sinovli bo‘ladi" — Maxsus komissiyaning xalqqa murojaati

© Minzdrav UzbekistanaV Namangane 11 chelovek vilechilis ot koronavirusa
V Namangane 11 chelovek vilechilis ot koronavirusa - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Komissiya koronavirus xavfini oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar yaqin kunlarda o‘zining ijobiy samarasini ko‘rsatishiga, har tomonlama tartib-intizomni saqlagan holda, yuksak onglilik va mas’uliyat ko‘rsatib, bu sinovdan eson-omon o‘tib olishga qattiq ishonch bildirmoqda.

TOShKENT, 29 avg - Sputnik. Republika maxsus komissiyasi O‘zbekiston aholisini yaqinlashib kelayotgan Vatan mustaqilligining 29-yilligi bilan chin yurakdan samimiy tabriklab, xalqqa murojaat bilan chiqdi.

Pervaya v mire vaksina ot koronavirusa - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda koronavirus: 28-avgust asosiy xabarlari

Murojaatda aytilishicha, besh oydan ortiq vaqt davomida Maxsus komissiya koronavirus pandemiyasi xatarini imkon qadar kam talafot bilan yengib o‘tish uchun barcha zarur choralarni ko‘rib keldi.

Ko‘rilgan samarali chora-tadbirlar hamda tibbiyot hodimlarining fidokorona xizmatlari natijasida bugungi kunga kelib O‘zbekistonda koronavirus yuqtirgan jami 40 mingdan oshiq fuqarolarning qariyib 38 mingga yaqini yoki 93 %i sog‘aydi, 2 ming 700 dan ziyod bemorni davolash va oilasi bag‘riga qaytarish choralari ko‘rilmoqda.

Vaziyat ayniqsa Toshkent shahrida ijobiy tomonga o‘zgarayotgani, Rossiya, Germaniya va Xitoydan taklif etilgan shifokorlar hududlar o‘rtasida taqsimlangani, xorijlik ekspertlar asosan og‘ir ahvoldagi kasallarni eng zamonaviy uslublar asosida, tizimli ravishda davolashga jalb etilgani o‘zining yaxshi samarasini berganligi qo‘shimcha qilingan.

Deti v meditsinskix maskax - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda birorta ham bola koronavirusdan vafot etmadi - Maxsus shtab

Maxsus komissiya mazkur yo‘nalishda amalga oshirayotgan shu va boshqa chora-tadbirlar yaqin kunlarda o‘zining ijobiy samarasini ko‘rsatishiga, yanada jipslashib, har tomonlama tartib-intizomni saqlagan holda, yuksak onglilik va mas’uliyat ko‘rsatib, mo‘’tabar keksalarning duoi fotihalari bilan bu sinovdan eson-omon o‘tib olishga qattiq ishonch bildirmoqda.

Kasallik tarqalishining sur’atini pasaytirish va jarayonni jilovlab turishda ommaviy tadbirlar va turli marosimlardan voz kechishning ahamiyati katta bo‘lgani e’tirof etilgan. "Xalq salomatligi har narsadan ustun turishini, inson hayoti eng oliy qadriyat ekanini ham pandemiya davrida yana bir bor eslatdi, ko‘rsatdi".

Maxsus komissiyaga ko‘ra, pandemiya sharoitida mustaqillik bayramining 29-yillik ayyomini nishonlash tartibini kelishib olish uchun sog‘liqni saqlash tizimi vakillari bilan maslahat o‘tkazilgan va bu borada bir qarorga kelingan.

Sotrudnitsa laboratorii provodit ispitaniya vaksini ot COVID-19 v sentre epidemiologii i mikrobiologii imeni N. F. Gamalei. - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyaning koronavirusga qarshi vaksinasini 27ta davlat xarid qilishni istayapti

"Pandemiya bilan bog‘liq vaziyat bu yil joylarda katta yig‘in va ommaviy sayillar o‘tkazishni, shuningdek, bog‘ va ko‘ngilochar maydonchalarda konsert dasturlari tashkil etishni, Toshkent shahri va viloyatlar markazlarida mushakbozliklarni cheklashni talab qilmoqda. Shuning uchun ushbu ulug‘ sanani ko‘proq oila davrasida nishonlashni tashkil etish maqsadga muvofiq, degan qarorga keldik", - deyiladi xabarda.

Korxona va tashkilotlarda ham bayram tadbirlari rejalashtirilgan taqdirda, ularni sanitariya normalariga qat’iy rioya etgan holda o‘tkazish kerakligini alohida ta’kidlab o‘tilgan.

"Ushbu kunlar biz uchun har qachongidan-da sinovli bo‘ladi. Ko‘rilayotgan choralar qanchalik natija berishi tez orada ayon bo‘ladi. Shu munosabat bilan, har birimiz pandemiya sharoitida yashash va ishlashga, harakatlarimizda epidemilogik talablarga so‘zsiz amal qilishga odatlanishimiz kerak. Shu bois, hokimlar, sektor rahbarlari va vazirlarga doimiy ravishda vaziyatni tahlil qilib, COVID-19 tarqalishini qat’iy cheklash, bemorlarni samarali davolash va ehtiyojmandlarga yordam berish bo‘yicha barcha choralarni ko‘rib borish topshiriladi", - deb ta’kidlangan murojaatda.

Yangiliklar lentasi
0