TOShKENT, 28 avg - Sputnik. O‘zbekistonda jami 4 mingga yaqin bola koronavirusga chalingan, lekin ulardan birortasi ham vafot etmagan. Bu haqida bugun AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Barno Abdusamatova xabar qildi.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, O‘zbekistonda 3932 nafar bola koronavirusdan zararlangan va bugungi kunga qadar ularning 3293 nafari (83,7%) to‘liq sog‘yib ketgan. Bolalar orasida kasallikning o‘ta og‘ir kechishi yoki o‘lim holati bo‘lmagan.
Respublika bo‘yicha bugungi kunga qadar 89 755 nafar bola karantinga olingan bo‘lib, ulardan 3932 nafarida kasallik alomatlari aniqlangan. COVID-19 aniqlanganlar bolalarning yoshi quyigicha:
➖ 1 yoshgacha 190 nafarni (4,8%);
➖ 3 yoshgacha bolalar 683 (17,4%) nafarni;
➖ 3 yoshdan 7 yoshgacha bolalar 934 (23,8%) nafarni;
➖ 7-18 yoshgacha bolalar 2125 (54%) nafarida kasallik aniqlangan.
Eslatib o‘tamiz, bugungi kun holatiga O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 40 338 nafarni tashkil qilmoqda. Ulardan 37116 nafari tuzayib ketgan. Sog‘ayish koefitsenti 92%ni tashkil qilmoqda. Qurbon bo‘lganlar soni jami 297 kishini tashkil qildi.