Lavrov AQShning DSNVga Xitoyni ham kiritish talablarini tanqid qildi

© Ministerstvo oboroni RF / Mediabankka o‘tishIspitanie novoy ballisticheskoy raketi «Sarmat”
Ispitanie novoy ballisticheskoy raketi «Sarmat” - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AQSh, aslida o‘ziga ham kerakli bo‘lgan, Strategik qurollar haqidagi shartnomani uzaytirish uchun, Rossiyani Xitoyni ham ushbu shartnomaga jalb qilishga undamoqda, lekin biz Xitoy pozitsiyasini hurmat qilamiz va bu yo‘ldan bormaymiz, dedi Lavrov.

TOShKENT, 24 avg - Sputnik. AQSh DSNVni saqlab qolish bo‘yicha haqiqatdan yiroq shartlarni qo‘ymoqda, xususan, Amerika tomoni bu shartnomaga Xitoy qo‘shilishini talab qilmoqda, dedi RF TIV rahbari Sergey Lavrov.

17-18 avgust kunlari Vena shahrida RF va AQSh o‘rtasida strategik barqarorlik va qurollar nazorati bo‘yicha navbatdagi maslahatlashuvlar bo‘lib o‘tdi. Muzokaralarda Rossiya tomonidan tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Sergey Rabkov, AQSh tomonidan - AQSh prezidentining qurollarni nazorat qilish bo‘yicha maxsus vakili Marshall Billingsli ishtirok etdi.

Obyekt upravleniya zapuskom mejkontinentalnix ballisticheskix raket v shtate Severnaya Dakota - Sputnik O‘zbekiston
Qiyomat kunini yaqinlashtirdi: AQShning SNV-3 kelishuvidan chiqishi dunyoga qanday xavf soladi?

Lavrovning ta’kidlashicha, AQSh muzokaralarni qiyin olib bormoqda. RF tashqi ishlar vaziri Rossiya tomoni Strategik hujumkor qurollar shartnomasini (DSNV), hujjatda ko‘zda tutilganidek, hech qanday shartlarsiz besh yilga uzaytirishni taklif qilganini aytdi.

"O‘tgan haftada muovinim Sergey Rabkov Vena shahrida AQShning maxsus vakili janob (Marshall - tahr.) Billingsli bilan olib borgan muzokaralarda amerikaliklar, rostini aytsam, shunchaki haqiqatdan yiroq shartlarni, shu jumladan ushbu hujjatga yoki biron bir bo‘lajak hujjatga Xitoy qushilishini talab qilmoqdalar", - dedi Lavrov "Territoriya smislov" forumi doirasida.

Shu bilan birga, Lavrov Rossiya AQSh talablarini, jumladan, Xitoyning ishtiroki masalasini ham qondirmoqchi emasligini ta’kidladi.

AQSh Rossiyaga SNV-3 shartnomasini uzaytirish bo‘yicha yangi shart qo‘ydi - Sputnik O‘zbekiston
AQSh Rossiyaga SNV-3 shartnomasini uzaytirish bo‘yicha yangi shart qo‘ydi

"(DSNV muzokaralari bo‘yicha) yakuniy natija qanday bo‘lishini bilmayman, lekin biz amerikaliklarga ochiqchasiga aytdik, fevralda muddati tugaydigan Strategik hujumkor qurollari shartnomasi bizga kerak, va biz uni hech qanday dastlabki shartlarsiz uzaytirish tarafdorimiz, va u bizga ham amerikaliklarga kerak bo‘lganicha kerak", - dedi Lavrov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, agar amerikaliklar Xitoyning ishtirokini talab qilsalar va shu bilan birga uni Rossiya ishontirishi shart bo‘lsa, unda Moskva buni qilmaydi.

"Biz Xitoy pozitsiyasini hurmat qilamiz, bu shartnomaning muddati tugasa tugaversin degani", - dedi Lavrov.

Rossiya va AQSh o‘rtasidagi SNV shartnomasi 2011-yil 5-fevralda kuchga kirdi. Unga ko‘ra, uni imzolagan davlatlar o‘zlarining yadroviy arsenallarini shu tarzda qisqartiradiki, yetti yil va undan keyin ham qurollarning umumiy soni 700 dona qit’alararo ballistik, suv osti kemalaridagi va og‘ir bombardimonchilaridagi ballistik raketalar, va shuningdek 1550 ta jangovar kallacha va 800 ta joylashtirilgan va joylashtirilmagan uchiruvchi uskunalardan oshmasligi kerak.

Ispitanie novoy ballisticheskoy raketi «Sarmat” - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyaning yangi qurollari SNV-3 shartnomasiga kiritilmaydi

Shartnoma Moskva va Vashingtonga yiliga ikki marta jangovar kallachalar va tashuvchilar soni to‘g‘risida ma’lumot almashish majburiyatini yuklaydi. 2018-yil 5-fevral kuni Rossiya va AQShning SNV-3 bo‘yicha nazorat ko‘rsatkichlariga erishish uchun oxirgi muddat bo‘lgan. Hozircha Amerika tomoni shartnomani uzaytirish bo‘yicha rasmiy istak bildirgani yo‘q. Shu bilan birga, unga Xitoyni kiritish bo‘yicha muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Sputnik radiosi AQSh SNV shartnomasini uzaytirish bo‘yicha shartlar qo‘yganini xabar qilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0