TOShKENT, 22 avg - Sputnik. O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 38 mingdan oshdi, deb xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi.
Bemorlanganlarning barchasi koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan fuqarolar orasida aniqlangan.
Kuni kecha Toshkent shahrida 5, Toshkent viloyatida 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etgan, shu bilan qurbonlar soni jami 260 nafarga yetgan,.
Kasallik qayd etilgan jami 38 074 nafar bemordan 33 989 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 89 %ni tashkil etmoqda.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 3 825 nafar bemordan 277 nafari og‘ir, 96 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
Koronavirus pandemiyasi qachon tugaydi?
Kuni kecha Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti dunyo koronavirus infeksiyasini taxminan qancha muddatda yengishi haqida bayonot bergan edi. Tashkilot bosh direktori Tedros Adan Gebreyesus koronavirusni to‘xtatish uchun dunyo zarur texnologiyalarga egaligini qayd etgan.
Gebreyesus 1918-yilda insoniyat duch kelgan ispan grippi pandemiyasi ikki yil davom etgan, ammo BSST COVID-19 ni undan qisqaroq muddatda yengishga umid qilmoqda. Hozirda tashkilot qoshida koronavirus mutatsiyalarini aniqlashtirish bo‘yicha maxsus ishchi guruhi tuzilgan.
Pandemiya
Yangi turdagi koronavirus tufayli avj olgan COVID-19 pnevmoniyasi ilk bor 2019-yilning dekabrida Xitoyning Uxan shahrida qayd etilgan edi. 11-mart kuni Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti pandemiya e’lon qildi.
Hozirda ushbu infeksiya bilan kasallanganlar soni 22,5 milliondan oshgan, 800 ming nafardan ortiq inson vafot etgan.
Rossiyada pandemiya boshidan buyon 85 ta regionda 946 976 koronavirusga chalinish holatlar qayd etilgan. Butun davr mobaynida 16 189 nafar inson qurbon bo‘lgan, 761 330 bemor sog‘aygan.