Kimlar birinchi navbatda koronavirusga qarshi emlanadi - virusolog javobi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishSotrudnik v laboratorii
Sotrudnik v laboratorii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mutaxassisning fikriga ko‘ra, COVID-19 ga birinchi navbatda ko‘plab odamlar bilan muloqotda bo‘luvchilar emlanadi.

TOShKENT, 18-may - Sputnik. Koronavirusga qarshi emlashga birinchi nomzodlar xavf guruhiga kiruvchilar bo‘ladi. Bu haqda N.Gamaleya nomidagi Epidemiologiya va mikrobiologiya Milliy tadqiqot markazining latent infeksiyalar mikrobiologiyasi bo‘limi boshlig‘i Viktor Zuyev NSN efirida ma’lum qildi.

“Biz odamlarda immunitet hosil qilish uchun emlaymiz. Immunitetga ega bo‘lgan odamni emlashni nima keragi bor?" – deydi u.

Vaksinatsiya protiv gepatita  - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyaning to‘qqizta vaksina ishlanmasi COVID-19ga “zarba beradi”

Koronavirusga qarshi vaksinani birinchi bo‘lib COVID-19 bilan kasallangan bemorlar bilan ishlaydigan shifokorlar olishadi. Shuningdek, mutaxassisning fikriga ko‘ra, ko‘p sonli odamlar bilan muloqot qiluvchilar ham emlashga birinchi navbatda bo‘lishadi: masalan, chipta sotuvchilar, kassirlar, ko‘ngillilar, taksi haydovchilari.

Mutaxassis keyinchalik gripp kabi koronavirusga qarshi vaksinatsiya o‘tkaziladi deb hisoblaydi.

Shuningdek, uning fikriga ko‘ra, koronavirus tarqalishi yiliga ikki marta - kech kuzda va erta bahorda, - iqlimiy sabablarga ko‘ra odamlarda immunitet pasayganda ro‘y beradi.

Dunyo bo‘ylab koronavirus bilan bog‘liq 4,6 milliondan ziyod holat qayd etilgan, 311,7 mingdan ortiq odam vafot etgan.

Yangiliklar lentasi
0