Turkiya mashhur pravoslav cherkovini masjidga aylantiradi

© AP Photo / Pool DiyanetMusulmane v meditsinskix maskax vo vremya molitvi v sobore Svatoy Sofii v Stambule, nedavno vnov stavshem mechetyu
Musulmane v meditsinskix maskax vo vremya molitvi v sobore Svatoy Sofii v Stambule, nedavno vnov stavshem mechetyu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Inshoot 1511-yilda Kaxrie masjidiga aylantirilgan, xuddi Konstintinopol egallangach, Avliyo Sofiya sobori masjidga aylantirilgani singari.

TOShKENT, 21 avg - Sputnik. Turkiya hukumati Istanbuldagi mashhur Avliyo Xaloskor Cherkovi joylashgan Xora monastirini masjidga aylantirishga qaror qildi. Bu haqdagi qaror juma kuni ertalab hukumat gazetasida e’lon qilingan, deb xabar beradi RIA Novosti.

Prezident Tureskoy Respubliki Redjep Tayip Erdogan  - Sputnik O‘zbekiston
Mutlaqo qiziqmas. Erdog‘an Ayya Sofiya taqdiri uchun qayg‘urayotganlarga javob qaytardi

Xabarda aytilishicha, 74-yil oldin muzeyga aylantirilgan monastir Istanbulning Fotix tumanida joylashgan.

U eramizga qadar 534-yilda, ya’ni oltinchi asrda bunyod etilgan va Istanbulning eng ko‘xna tarixiy obidalaridan biri sanaladi.

Inshoot 1511-yilda Kaxrie masjidiga aylantirilgan, xuddi Konstintinopol egallanganidan keyin Avliyo Sofiya sobori masjidga aylantirilgani singari.

Xora monastiri 434-yil davomida masjid sifatida foydalanilgan va vazirlik qarori bilan 1945-yilda muzeyga aylantirilgan.

Sobor Svatoy Sofii v Stambule - Sputnik O‘zbekiston
Erdog‘an Ayya-Sofiya haqida 9 ta tilda kuylangan qo‘shiq klipini Twitter’da joylashtirdi

Turkiya oliy ma’muriy sudi - Davlat kengashi - 1945-yildagi masjidni muzeyga aylantirish haqidagi vazirlik qarori noqonuniy bo‘lgan, deb hisoblab, uni 2019-yilda masjidga aylantirishga qaror qilgan. Davlat kengashi qarori, to bugunga qadar, ya’ni prezident farmoni e’lon qilinmagunicha ijro etilmagan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning iyul oyida butun jahonga mashhur, YuNESKO Butunjahon merosiga kiruvchi Ayyo Sofiya cherkovi masjidga aylantirilgan edi.

Rossiya patriarxi Turkiya hukumatidan Ayyo Sofiyani muzey maqomida saqlab qolishni so‘radi >>>

24 iyul kuni Ayya-Sofiyada ilk namoz ado etildi.

Sobor Svatoy Sofii v Stambule - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya patriarxi Turkiya hukumatidan Ayo Sofiyani muzey maqomida saqlab qolishni so‘radi

Avliyo Sofiya cherkovi - Ayyo Sofiya vizantiyalik nasroniy-imperator Yustinian I tomonidan asos solingan va 537-yilning 27-dekabrida ochilgan. Sobor ming yilga yaqin nasroniylar olamidagi eng katta xram maqomini saqlab kelgan. Usmoniylar tomonidan Konstantinopolning zabt etilishi va Vizantiya imperiyasining qulashi oqibatida 1453-yilda sobor masjidga aylantirilgan, ammo 1934-yilda zamonaviy turk davlati asoschisi Kamol Otaturkning dekreti bilan bino muzeyga aylantirilgan va YuNESKO Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan.

Yangiliklar lentasi
0