Rossiya patriarxi Turkiya hukumatidan Ayo Sofiyani muzey maqomida saqlab qolishni so‘radi

© Sputnik / Mediabankka o‘tishSobor Svatoy Sofii v Stambule
Sobor Svatoy Sofii v Stambule - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Nasroniylar uchun timsoliy bo‘lgan ibodatxonaning betaraf maqomini saqlab qolish - kelajakda dinlararo tinchlik va rozilikni mustahkamlash uchun xizmat qiladi - patriarx Kirill.

TOShKENT, 6-iyul – Sputnik.  Moskva va butun Rus patriarxi Kiril Turkiya hukumatiga Istanbuldagi Ayo Sofiya ibodatxonasini muzey maqomida saqlab qolishni so‘rab murojaat qildi. RT xabariga asosan.

“Men Turkiya davlat yetakchisining mulohazakorlik bilan ish qilishiga umid qilaman. Nasroniy madaniyati durdonalaridan biri va dunyodagi millionlab nasroniylar uchun timsol bo‘lgan ibodatxonaning hozirgi betaraf maqomini saqlab qolish - kelajakda uning Rossiya va Turkiya xalqlari orasidagi munosabatlarni har tomonlama rivojlantirishiga hamda dinlararo tinchlik va rozilikni mustahkamlash uchun xizmat qiladi”, - deyilgan patriarx Kirill bayonotida.

Eslatib o‘tamiz, bir necha kun oldin Turkiya Oliy ma’muriy sudi Ayo Sofiya ibodatxonasi maqomini o‘zgartirish masalasini ko‘rib chiqqan edi. Uning natijasida Turkiya sudi ibodatxona maqomini masjid deb o‘zgartirish mumkin deb topgan va buning uchun faqat prezident farmoni kerak degan edi.

Stambul, Tursiya - Sputnik O‘zbekiston
Erdo‘g‘on Ayo Sofiya majmuasini masjidga aylantirmoqchi

Ma’lumot uchun, Ayo Sofiya ibodatxonasi Vizantiya imperiyasi davrida 532-537 yillarda qurilgan va 1000-yildan ortiq davr mobaynida nasroniylar uchun bosh ibodatxona bo‘lgan. 1453-yilda Konstantinopol (Istanbul) Usmoniylar imperiyasi tomnidan zabt  etilganidan so‘ng ibodatxona musulmon masjidiga aylantirilgan. Aylantirish jarayonida uning to‘rt tomonida to‘rtta minora qurilgan va ichidagi noyob freskaya va bezaklari ustiga suvoq surkalgan. Shuningdek uning ichdagi ustunlariga Qur’on suralari yozilgan ulkan peshtaxtatalar osilgan.

1935 yilda Mustafa Kamal Otaturk rahbarlik davrida masjidga betaraf maqom berilib u muzeyga aylantirilgan. Ibodatxonaning ichki suvoqlari tozalanganda ularning ostida Vizantiya davridagi freskaya va mozaikalar juda yaxshi saqlanib qolgani ma’lum bo‘lgan. Ayni damda Ayo Sofiya YuNESKOning  Jahon madaniyati durdonalari ro‘yxatiga kiritilgan va yiliga millionlab turistlarni jalb qilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0