Mutlaqo qiziqmas. Erdog‘an Ayya Sofiya taqdiri uchun qayg‘urayotganlarga javob qaytardi

© Sputnik / Mixail KlimentyevPrezident Tureskoy Respubliki Redjep Tayip Erdogan
Prezident Tureskoy Respubliki Redjep Tayip Erdogan  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bir oz oldin, Turkiya Davlat kengashi 1934-yilda Avliyo Sofiya soborini muzeyga aylantirish bo‘yicha qabul qilingan qarorni bekor qilgan edi

TOShKENT, 11-iyul - Sputnik. Boshqa davlatlar fikrlari Istanbuldagi Avliyo Sofiya (Ayya Sofiya) sobori diniy maqomini o‘zgartirish haqidagi qarorga ta’sir qila olmaydi, deya bayonot berdi Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdog‘an.

Sobor Svatoy Sofii v Stambule snova stal mechetyu - Sputnik O‘zbekiston
Gretsiyalik siyosatchi Turkiyaga qarshi sanksiyalar kiritishni taklif qilmoqda

"Turkiya o‘z xalqi xohishidan kelib chiqib, Avliyo Sofiya sobori maqomini muzeydan masjidga o‘zgartirish bo‘yicha qaror qabul qildi. Boshqa davlatlar fikri bizning qarorimizga ta’sir o‘tkaza olmaydi", - deya iqtibos keltirgan Erdog‘an so‘zlaridan Anadolu agentligi.

Turkiya yetakchisi shuningdek, Anqara harakatlarini tanqid qilayotganlar o‘z hududida islomofobiyaga qarshi kurashishga qodir emasliklarini qo‘shimcha qilgan.

Bir oz avval Turkiya Davlat kengashi 1934-yilda Avliyo Sofiya soborini muzeyga aylantirish bo‘yicha qabul qilingan qarorni bekor qilgani haqida xabar bergan edik.

Ushbu voqeadan ko‘p o‘tmay Rajab Erdog‘an Ayya-Sofiyani masjiga aylantirish va u yerda musulmoncha ibodatlar boshlash to‘g‘risida qarorni imzolagan.

YuNESKO rasmiylari sobor maqomi o‘zgartirilishi haqidagi qarorni "chuqur taassuf" bilan qabul qilganliklarini bildirdilar. Gretsiyada, o‘z navbatida, Turkiyaga qarshi sanksiyalar zudlik bilan qo‘llanilishi lozimligi haqida da’vatlar yangray boshladi. Moskva RPS vakillari, Erdog‘an qaroriga, "chuqur o‘ylanmagan", deya baho berdilar.

Yangiliklar lentasi
0