Ulkan anomaliya: Yer magnit maydonidagi "o‘yiq" tobora kengaymoqda - video

© Press-slujba Roskosmosa / Mediabankka o‘tishRoskosmos predstavil pervie fotografii rekordnogo vixoda v otkritiy kosmos kosmonavtov A. Misurkina i A. Shkaplerova
Roskosmos predstavil pervie fotografii rekordnogo vixoda v otkritiy kosmos kosmonavtov A. Misurkina i A. Shkaplerova - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Janubiy Amerika va janubi-g‘arbiy Afrika osmoni ustidagi gigant anomaliya tobora kengaymoqda, u barcha kosmik priborlarni ishdan chiqarishi mumkin

TOShKENT, 19 avg — Sputnik. Yer magnit maydonida yuz berayotgan g‘alati anomaliya, orbitadagi barcha kosmik apparatlarni ishdan chiqarishi mumkin, deb xabar qilmoqda NASA.

Sputnikovie snimki tayaniya ldov na ostrove Orla (Eagle Island)v Antarktide. Na foto sleva 4-fevralya 2020, sprava - 13-fevralya 2020 - Sputnik O‘zbekiston
Antarktida erimoqda: NASA muzliklar suratlarini namoyish qildi

NASA mutaxassislari Janubiy Amerika va Afrika janubi-g‘arbiy qismida tobora kengayib borayotgan bu tushunarsiz holatni "o‘yiq" yoki "kosmosdagi o‘yiq joy", deya nomlashgan.

Janubiy-Atlantika anomaliyasining ushbu keng ko‘lamli ayni holati olimlarni anchadan buyon qiziqtirib ham tashvishga solib kelmoqda.

Magnit maydoni o‘z kuchini pasaytirishi birinchi navbatda sayyora orbitasidagi sputnik va kosmik apparatlarga ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Kosmik apparatlar anomal maydon "ichra" o‘tayotganida, to‘xtash yuz berishi va agar u Quyoshdan taralayotgan yuqori energiya ta’sirida qoladigan bo‘lsa, oqibatda bortdagi texnikalar ishdan chiqishi mumkin.

NASA - Sputnik O‘zbekiston
NASA: kamida uchta sayyora hayot kechirishga yaroqli

Shu bilan birga, anomaliya Yer yuzidagi hayotga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir o‘tkazmaydi.

Yer magnit maydonining asosiy manbai - bu uning yadrosida, yer sathidan minglab kilometr pastda vag‘irlab qaynayotgan erigan temir okeanidir. Ushbu massaning harakatlanishidan elektr toki vujudga keladi va bundan o‘z navbatida yer magnit maydoni hosil bo‘ladi.

Ko‘plab olimlar anomaliya va uning xususiyatini hali yaxshi tushunmaydilar, ammo yangi kashfiyotlar ushbu g‘alati holatga oydinlik kiritishga xizmat qilmoqda.

Misol uchun, NASA geliofizik mutaxassisi Eshli Grili tadqiqotlari "o‘yiq" sekin-asta shimoli-g‘arbiy yo‘nalish tomon ko‘chib borayotganini ko‘rsatgan.

Yangiliklar lentasi
0