NASA: kamida uchta sayyora hayot kechirishga yaroqli

© AFP 2023 / NASANASA
NASA - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
NASA olimlari "Quyosh sistemasi" hududidan narida aniqlangan yettita sayyoradan uchtasida hayot, balki suv ham mavjud, deya taxmin qilishmoqda

TOShKENT, 23 fev — Sputnik. TRAPPIST-1 yulduzi yaqinida Yerdan taxminan 39 yorug‘lik yilida, Qovg‘a (Aquarius) yulduzlar turkumida Yer hajmiga teng yana yetti sayyora mavjud. Bu yetti sayyoradan uchtasi hayot kechirish uchun yaroqli bo‘lishi ehtimoli bor, deb xabar qildi chorshanba kuni AQSh Milliy kosmik agentligi NASA.

Mars sayyorasi - Sputnik O‘zbekiston
Ilon Mask Marsda shahar qurish uchun 1 mln kishini yubormoqchi
"Endilikda biz olimlar, boshqa sayyoralarda ham hayot bormi, degan masala bilan emas, balki bu ishni qachon amalga oshiramiz degan masala bilan shug‘ullanishimiz darkor", — deb aytgan kashfiyot munosabati bilan uyushtirilgan brifing davomida NASA rahbari yordamchisi Tomas Zurbuchin.

Olimlarning taxminicha, aniqlangan yettita sayyoraning hammasida ham suv mavjud bo‘lishi mumkin. Ammo ular buni hozircha isbotlashning imkoni yo‘qligini tan olishmoqda.

Kashfiyotga doir barcha ma’lumotlar Nature jurnalida chop etiladi.

Yangiliklar lentasi
0