Antarktida erimoqda: NASA muzliklar suratlarini namoyish qildi

© Foto : NASA Earth Observatory / Joshua StevensSputnikovie snimki tayaniya ldov na ostrove Orla (Eagle Island)v Antarktide. Na foto sleva 4-fevralya 2020, sprava - 13-fevralya 2020
Sputnikovie snimki tayaniya ldov na ostrove Orla (Eagle Island)v Antarktide. Na foto sleva 4-fevralya 2020, sprava - 13-fevralya 2020 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
NASA Antarktida joylashgan Igl orolida muzliklar erishi aks etgan suratlarni namoyish qildi. U yerda rekord darajada harorat ko‘tarildi.

TOShKENT, 26 fev – Sputnik. NASA Antarktida joylashgan Igl orolida muzliklar erishi aks etgan suratlarni namoyish qildi.  

Rassvet v Arktike - Sputnik O‘zbekiston
Antarktidadagi Ukraina stansiyasini "qonli qor" qopladi - foto

Suratlar 4-13 fevral kunlari Landsat-8 sun’iy yo‘ldoshida o‘rnatilgan Operational Land Imager qurilmasi yordamida olindi.

Fevral oyi boshida Antarktida yarim orolining shimoliy qismida joylashgan “Esperanza” ilmiy-tadqiqot stansiyasida tarixiy rekord - harorat 18,3 darajadan yuqori bo‘lgan. Bungacha qit’adagi rekord 17,5 darajani tashkil qilgan - shu paytgacha bu darajaga 2015-yilda ko‘tarilgan edi.

6 dan 11-fevralgacha qor qoplami o‘n santimetr chuqurlikda eridi - bu yil davomida to‘plangan barcha qorlarning beshdan bir qismi.

Yangiliklar lentasi
0