O‘zbekistonda koronavirus: 19-avgust asosiy xabarlari

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaOtkritie kurorta v Navoinskoy oblasti
Otkritie kurorta v Navoinskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sutka davomida 450 kishida koronavirus aniqlandi, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 36 968 nafarni tashkil qilmoqda.

TOShKENT, 19 avg — Sputnik. Sputnik O‘zbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat to‘g‘risida asosiy xabarlarni to‘pladi.

Gospital COVID-19 v SITO im. N. N. Priorova - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonga xitoylik shifokorlarning navbatdagi guruhi keldi

Bir sutka davomida 450 kishida koronavirus aniqlandi, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 36 968  nafarni tashkil qilmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 204 nafari Toshkent shahrida, 4 nafari Andijon viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Sog‘ayish ko‘rsatkichi

Bugunning o‘zida 334 nafar bemor tuzalib, o‘z uylariga kuzatildi. Respublika bo‘ylab jami sog‘ayganlar soni 32 557 nafarga yetdi. Sog‘ayish ko‘rsatkichi 88 foizga yetdi.

Ayni paytda 4 164 nafar bemorga belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

O‘lim holatlari

Kun davomida koronavirusga chalingan 4 nafar bemor –  Uchtepa tumanida yashagan 79 yoshli M.K. (ayol) hamda Yakkasaroy tumanida yashagan 80 yoshli A.K. (erkak), Andijon tumanida yashagan, Toshkent tibbiyot akademiyasi klinikasida davolangan 48 yoshli M.X. (erkak) hamda Uchtepa tumanida yashagan 83 yoshli L.B. (ayol) vafot etdi.

Vaksinatsiya protiv gepatita  - Sputnik O‘zbekiston
Sentabrdan aholini gripp va pnevmoniyaga qarshi emlash boshlanadi

O‘zbekistonda jami 247 kishi pandemiya qurboni bo‘ldi.

Xitoy shifokorlari

Xitoylik shifokor va mutaxassislarning navbatdagi guruhi birgalikda profilaktika, epidemiya ustidan nazorat, COVID-19ni davolash bo‘yicha ma’lumotlar va tajriba almashish uchun Toshkentga yetib keldi. Mutaxassislar O‘zbekiston-Xitoy tibbiyot markazida boshqa kasalliklar bilan og‘rigan fuqarolarga zamonaviy va an’anaviy davolash usullaridan foydalangan holda sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatadi.

Gripp va pnevmoniyaga qarshi vaksinatsiya

O‘zbekistonda sentabr oyidan aholini gripp va pnevmoniyaga qarshi emlash boshlanadi. ayni kunlarda gripp va pnevmaniyaga qarshi emlash uchun hukumat darajasida kerakli chora-tadbirlar olib borilmoqda. Vaksinalarni chetdan olib kelish va joylarda emlash punktlarini tashkil qilish ishlari yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqilgan. Ommaviy vaksinatsiya sentabr oyidan boshlanishi rejalashtirilgan.

Dunyo salomatligi

Dunyo bo‘ylab infeksiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 22,1 milliondan oshdi, 780 ming kishi vafot etdi, 14,1 million kishi tuzaldi. Eng ko‘p holatlar AQShda (5,5 mln), Braziliyada (3,4 mln), Hindistonda (2,8 mln).

Yangiliklar lentasi
0