Sentabrdan aholini gripp va pnevmoniyaga qarshi emlash boshlanadi

© Sputnik / Igor Zarembo / Mediabankka o‘tishVaksinatsiya protiv gepatita
Vaksinatsiya protiv gepatita  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Epidemiolog kuz va qish faslida an’anaviy gripp viruslari koronavirus bilan birgalikda yana kuchli kasallikka olib kelmasligi uchun kuzda aholini grippdan emlash boshlanishi rejalashtirilgan.

TOShKENT, 19 avg - Sputnik. O‘zbekistonda sentabr oyidan aholini gripp va pnevmoniyaga qarshi emlash boshlanadi, deb xabar qildi Koronaviursga qarshi kurash shtabi a’zosi, epidemiolog Rustam Ikromov "Shifobaxsh" kanaliga

Shifokor aytishiga ko‘ra, har yili kuz va qish faslida havo tomchi orqali yuqadigan odatiy gripp va nafas olish yo‘llari virusli shamollash holatlari tabiiy ravishda ko‘payishi kuzatiladi. Kuz va qishda ushbu viruslar koronavirus bilan birgalikda yanada kuchli kasallikka aylanishi mumkin. 

"Bu shifokorlar tilida mikst-infeksiya deyiladi ya’ni qo‘shilib kasallik chaqirishi mumkin bo‘lgan holat kuzatilishi mumkin. Gripp va pnevmoniya chaqiruvchi virusli kasalliklarni koronavirus bilan birgalikda kelishi virusni kuchayishini va bundan ham og‘irroq darajaga olib kelishini taxmin qilish mumkin", – dedi mutaxassis.

Uning alohida ta’kidlashicha, ayni kunlarda gripp va pnevmaniyaga qarshi emlash uchun hukumat darajasida kerakli chora-tadbirlar olib borilmoqda. Vaksinalarni chetdan olib kelish va joylarda emlash punktlarini tashkil qilish ishlari yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqilgan. Ommaviy vaksinatsiya sentabr oyidan boshlanishi rejalashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0