TOShKENT, 8 fev – Sputnik. O‘zbekistonda Alisher Usmonov tomonidan Islom sivilizatsiyasi markaziga sovg‘a qilingan kamob nodir kitoblarning elektron nusxalari yaratiladi. Bu haqda O‘zbekiston Fanlar Akademiyasivitse-prezidenti Bahrom Abduxalimov Sputnik O‘zbekistonga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Kolleksiyadagi kitoblar soni 4913 dona bo‘lib, ular lotin, ingliz, fransuz va nemis tillaridagi ilmiy adabiyotlardir. Adabiyotlar orasida XIII asrdan boshlab chop etilgan nodir nashrlardan to hozirgi zamon ilmiy adabiyotlarigacha bo‘lgan kitoblar bor. Sharqshunoslik va islom dunyosining Yevropaga ta’siri haqidagi ushbu nodir kitoblarning umumiy qiymati sakkiz million dollarga baholanmoqda.
"Kitoblar faqat ulardan foydalanilgan taqdirda qiymatga ega bo‘ladi. Bizning ffikrimizcha, ularning skaner qilingan versiyalarini yaratib, veb-saytda e’lon qilgan ma’qul", - dedi Abduxalimov.
Islom sivilizatsiyasi markazi qurilishi yakuniga yetmagunga qadar, o‘zbek olimlari dunyodagi istalgan sharqshunos foydalana olishi uchun kutubxonaning elektron katalogini yaratishni rejalashtirishmoqda.