Mirziyoyev Islom sivilizatsiyasi markazini mutlaqo yangi dizaynda qurishni buyurdi

© Press-slujba prezidenta RUzShavkat Mirziyoyev Islom madaniyati markazini borib ko‘rdi
Shavkat Mirziyoyev Islom madaniyati markazini borib ko‘rdi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev islom dini targ‘ibotida O‘zbekiston yuzi bo‘lishini ta’kidlab, uning tashqi ko‘rinishi, u yerda ishlatiladigan qurilish materiallariga ham e’tibor qaratish lozimligini qayd etgan. "Odatdagi, ko‘zimiz o‘rganib qolgan loyihalardan voz kechib, yangi shakl va dizayn topishimiz kerak", - deya topshiriq bergan prezident

TOShKENT, 1 sen — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev Hazrati Imom (Xastimom) majmuasida tashkil etilayotgan Islom madaniyati markazi nomini Islom sivilizatsiyasi markazi deb o‘zgartirishni taklif etdi, deb xabar qilindi O‘zbekiston prezidenti rasmiy saytida.

Shoazim Minovarov - Sputnik O‘zbekiston
Islom madaniyati markaziga rahbar tayinlandi
Loyihaga ko‘ra, ushbu markazda akademiya, kutubxona, arxiv va qo‘lozmalar fondi tashkil etilib, ularni bugungi O‘zbekiston zaminidan yetishib chiqqan buyuk mutafakkirlar va ulamolar tomonidan asos solingan ilmiy va diniy maktablarga doir yurtimizda va chet ellarda saqlanayotgan qadimiy qo‘lozma va toshbosma kitoblar, tarixiy dalil va hujjatlar, arxeologik topilmalar, osori-atiqalar, shu yo‘nalishdagi zamonaviy ilmiy-tadqiqot ishlari, video va foto hujjatlar bilan boyitish, 300 o‘rinli konferensiya zali barpo etish ko‘zda tutilgan.

"Biz ajdodlarimiz bilan doimo faxrlanib kelganmiz. Shunday ekan, o‘zimiz ham ularga munosib bo‘lishimiz kerak. Tashkil etilayotgan markazda ham buning uchun barcha sharoitlarni yaratish, yetuk olimlarni jalb qilish lozim. Mazkur sohaga oid adabiyotlarni jamlash, chet ellarda bo‘lsa, yurtimizga olib kelish choralarini ko‘rish zarur. Bundan tashqari, mamlakatimizdagi diniy yo‘nalishdagi to‘qqizta o‘rta maxsus va ikkita oliy ta’lim muassasasi ham markaz ixtiyoriga o‘tkaziladi. Bu yerda saboq beradigan o‘qituvchilar bilimi va saviyasiga alohida e’tibor qaratish darkor", —, dedi Mirziyoyev.

Shavkat Mirziyoyev islom dini targ‘ibotida O‘zbekiston yuzi bo‘lishini ta’kidlab, uning tashqi ko‘rinishi, u yerda ishlatiladigan qurilish materiallariga ham e’tibor qaratish lozimligini qayd etgan. "Odatdagi, ko‘zimiz o‘rganib qolgan loyihalardan voz kechib, yangi shakl va dizayn topishimiz kerak", — deya topshiriq bergan prezident.

Loyihalarda markaz qurilishi munosabati bilan boshqa joyga ko‘chiriladigan aholi yangi zamonaviy uy-joylar bilan ta’minlanadi.

Yangiliklar lentasi
0