Dushanba, kuning ikkinchi yarmida belaruslar yana poytaxt ko‘chalariga chiqishdi. Norozilik namoyishlari respublikaning barcha viloyat markazlarida o‘tkazildi.
Poytaxtning Pushkin maydonida namoyishchilar axlat qutilardan barrikalarni qurib olishdi. Namoyishchilardan biri politsiya tomon portlovchi qurilmani uloqtirishga harakat qiladi, biroq qurilma uning qo‘lida portlab ketdi. Olgan jarohatlardan erkak vafot etdi.
Militsiya namoyishchilarni tarqatish uchun yorug‘lik-shovqin granatalar qo‘lladi. Ko‘plab namoyishchilar qo‘lga olindi.
Militsiya ichki qo‘shin va “Alfa” bo‘linmasi yordami bilan namoyishchilarni tarqatib yubordi. Ayni vaqtda kommunal xizmatlar ko‘chalarni tozalamoqda.
Eslatib o‘tamiz, 9-avgust kuni mamlakatda prezidentlik saylovi bo‘lib o‘tdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, prezident Aleksandr Lukashenko 80,08 foiz ovoz to‘plagan. Uning asosiy raqibi Svetlana Tixanovskaya 10,09 foiz ovozga ega bo‘ldi.