Minskdagi tartibsizliklar: saylovlardan keyin nimalar yuz berdi - video

Obuna bo‘lish
Minskda exit poll’ning birinchi natijalari e’lon qilingandan so‘ng oppozitsiya yetakchilari chaqiruviga binoan aholi “ovozlarni sanash jarayonini nazorat qilish uchun” saylov uchastkalariga kelishni boshladi.

9 avgust soat 22da Minsk markazidagi G‘alaba maydonida OMON va namoyishchilar o‘rtasida to‘qnashuv yuz berdi. Politsiya namoyishchilarni tarqatish uchun shovqinli granatalar qo‘lladi. Namoyishchilar huquq tartibot organ xodimlari tomon fayer uloqtirishdi.

Ayni vaqtda Minsk markazi namoyishchilardan bo‘shab qoldi. Ko‘chalarda maxsus texnika, OMON kuchlari qolmoqda. Ko‘chalarda qolgan namoyishchilar ushlanmoqda.

Respublika Tergov qo‘mitasi xabar berishicha, tartibsizliklar va zo‘ravonlik holatlari bo‘yicha jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi. Tartibsizliklarning tashkilotchilari va ishtirokchilari 8-yildan 15-yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosi berilishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0