Vatanga olib kelingan migrant o‘zini to‘rtinchi qavatdan tashlab, halok bo‘ldi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovMilitsiya
Militsiya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ma’lumotlarga qaraganda, migrant oilasi Rossiya Federatsiyasida qolib ketganidan stress holatiga tushgan.

TOShKENT, 12 avg - Sputnik. Rossiya Federatsiyasidan charter reys orqali O‘zbekistonga qaytarilgan migrant o‘zini karantinga olingan joy - mehmonxonaning to‘rtinchi qavatidan tashlab, halok bo‘lgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot-xizmati xabar bermoqda.

Gostinitsa Ukraina otkroyetsya pod novim nazvaniyem Radisson Royal Hotel, Moscow posle trex let rekonstruksii - Sputnik O‘zbekiston
Besh yulduzli karantin: O‘zbekistonda karantinni mehmonxonada o‘tkazishga ruxsat beriladi

Bosh prokuratura ma’lumotiga ko‘ra, hodisa haqidagi xabar Ichki ishlar organlariga 10-avgust kuni kelib tushgan.

Ushbu holat yuzasidan o‘tkazilgan tezkor surishtiruv ishlarida aniqlanishicha, marhum Surxondaryo viloyati Denov tumanida doimiy ro‘yxatda turgan, oilali, muqaddam sudlanmagan, ruhiy asab kasalliklari va narkologik dispanserlar ro‘yxatida turmagan - 1989-yilda tug‘ilgan Olimjon Karayev ekanligi aytilmoqda.

Marhum Karayev RF Qozon Respublikasiga ishlash uchun oilasi bilan birga ketgan va 4-avgust kuni O‘zbekistonga charter reys orqali olib kelingan. Toshkent shahriga kelgach, karantinga olinib, "Sayohat" mehmonxonasiga joylashtirilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, erkakning o‘z joniga qasd qilganini uning xonadoshi Qozon universiteti talabasi Ixtiyor Qurbonov aniqlagan.

Vokzal Tashkent-Yujniy posle rekonstruksii - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya-Qozog‘iston chegarasida to‘plangan 1850 nafar fuqaro qaytariladi

Marxum Karayev bilan bir xonada yashagan talaba ham Denovdan bo‘lgani uchun ikkalasi yaxshi chiqishgan. Talabaning aytishicha, 9 avgust kuni marhum Karayev undan Rossiyada qolib ketgan oilasiga qo‘ng‘iroq qilish uchun mobil telefonini olib turgan. Umuman, marhum so‘nggi vaqtlarda xonaning balkon qismiga  ko‘p marotaba kirib chiqgan.

Oilasi Rossiya Federatsiyasida qolib ketganidan stress holatiga tushgan.

10 avgust kuni soat taxminan 10:30 larda talaba xonada uxlab yotganida, xonaga harorat o‘lchash uchun mehmonxona xodimi kelgan. Haroratni o‘lchab bo‘lgach undan xonadoshi Karayevni ham chaqirishni so‘ragan. Karayev xonada yo‘qligi sababli, talaba balkonga chiqqan va shu vaqtda mehmonxona hovlisida marhum Karayevning jasadini ko‘rgan.

Holat yuzasidan surishtiruv ishlari davom etmoqda.

Yangiliklar lentasi
0