Rossiya-Qozog‘iston chegarasida to‘plangan 1850 nafar fuqaro qaytariladi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovVokzal "Tashkent-Yujniy posle rekonstruksii
Vokzal Tashkent-Yujniy posle rekonstruksii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hozirda Respublika maxsus komissiyasi tomonidan O‘zbekiston fuqarolarini tezroq qaytarish uchun Rossiyadan reyslarni ko‘paytirish, qatnovlar yo‘nalishi va turlarini kengaytirish masalasi ko‘rib chiqilmoqda

TOShKENT, 7 avg — Sputnik. Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan, 4-5 avgust kunlari "Toshkent-Buzuluk-Toshkent" va "Toshkent-Kinel-Toshkent" yo‘nalishlarida Rossiya Federatsiyasining Orenburg va Samara viloyatlariga O‘zbekiston fuqarolarini qaytarish uchun ikkita poyezd yuborildi.

Tanzila Narbayeva - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda karantin cheklovlari bosqichma-bosqich bekor qilinadi - Narbayeva

O‘zbekistonning Qozon shahridagi Bosh konsuli tashkiliy va boshqa masalalarni hal qilish uchun o‘zbekistonliklar to‘plangan joyda bo‘lib turibdi.

6 avgust kuni Orenburg viloyatining “Buzuluk” stansiyasidan 920 nafar fuqaro birinchi poyezd O‘zbekistonga jo‘nab ketdi. Ikkinchisi 7-avgust kuni Samara viloyatining “Kinel” stansiyasidan 930 nafar fuqaro bilan jo‘naydi. Rossiya-Qozog‘iston chegarasida to‘plangan jami 1850 nafar O‘zbekiston fuqarolari qaytariladi.

7 avgust holatiga ko‘ra Orenburg va Samara viloyatlarida Rossiya-Qozog‘iston davlatlararo chegarasi yaqinida O‘zbekiston fuqarolarining to‘planishi kuzatilmayapti.

Vrach v zapotevshix zashitnix ochkax vo vremya raboti v gospitale dlya lecheniya zarajennix koronavirusnoy infeksiyey COVID-19 - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 29 mingga yaqinlashmoqda

Qaytib kelganidan so‘ng O‘zbekiston fuqarolari Respublika maxsus komissiyasi tomonidan belgilangan talablarga qat’iy rioya qilgan holda karantinda bo‘ladi.

TIV bayonotida aytilishicha, koronavirus infetsiyasi tarqalayotgan bir paytda ko‘p sonli fuqarolarining bir joyda to‘planishi ularning COVID-19 bilan kasallanish ehtimolini keskin oshiradi.

Vatandoshlardan Rossiya-Qozog‘iston davlatlararo chegarasini kesib o‘tish nuqtalariga bormasliklarini, hozirda bo‘lib turgan joylarida qolishlarini va barcha karantin talablariga qat’iy rioya qilishlarini yana bir bor so‘ralgan.

Hozirda Respublika maxsus komissiyasi tomonidan O‘zbekiston fuqarolarini tezroq qaytarish uchun Rossiyadan reyslarni ko‘paytirish, qatnovlar yo‘nalishi va turlarini kengaytirish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.

 

Yangiliklar lentasi
0