Besh yulduzli karantin: O‘zbekistonda karantinni mehmonxonada o‘tkazishga ruxsat beriladi

© Sputnik / Valeriy Melnikov / Mediabankka o‘tishGostinitsa "Ukraina" otkroyetsya pod novim nazvaniyem Radisson Royal Hotel, Moscow posle trex let rekonstruksii
Gostinitsa Ukraina otkroyetsya pod novim nazvaniyem Radisson Royal Hotel, Moscow posle trex let rekonstruksii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda karantin nazorati davrini o‘tkazish mumkin bo‘lgan mehmonxonlar ro‘yxati va karantinni mehmonxonada o‘tkazish tartibi belgilanadi.

TOShKENT, 23-iyun - Sputnik. Epidemiologik vaziyat noxush bo‘lgan xorijiy davlatlardan O‘zbekistonga kelgan fuqarolar 14 kunlik majburiy karantin davrini mehmonxonada o‘tkazishi mumkin bo‘ladi deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi. 

"Endilikda yuqoridagi toifa davlatlardan O‘zbekistonga kirib kelayotgan fuqarolar o‘z xohishiga ko‘ra 14 kunlik karantin muddatini davlat tomonidan bepul ta’minlanadigan karantin markazlarida yoxud haqini to‘lagan holda mehmonxonada o‘tkazishi mumkin bo‘ladi", - deyilgan xabarda. 

Ushbu chorda fuqarolar uchun qo‘shimcha qulaylik yaaratish maqsadida amalga oshirilmoqda. Albatta, fuqarolar uchun 14 kunlik karantinni karantin markazlarida bepul o‘tkazish huquqi ham saqlanib qolinadi. 

Fuqarolar karantin nazorati davrini o‘tkazishi mumkin bo‘lgan mehmonxonalar ro‘yxatini Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi tomonidan shakllantiriladi.

Eslatib o‘tamiz Toshkentda aniqlangan koronavirus holatlari ko‘payishi munosabati bilan aynim ko‘chalarda blokpostlar faoliyati qayta tiklangani, karantinga olingan fuqarolarning uyi oldida 24 soatlik navbatchilik tashkil etilishi belgilan edi.

Yangiliklar lentasi
0