O‘zbekistonda koronavirus: 11-avgust asosiy xabarlari

© Sputnik / Tatyana Makeyeva / Mediabankka o‘tishRabota medikov s bolnimi COVID-19 v klinike MGU
Rabota medikov s bolnimi COVID-19 v klinike MGU - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bir sutka davomida 443 kishida koronavirus aniqlandi, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 31 747 nafarni tashkil qilmoqda.

TOShKENT, 11 avg — Sputnik. Sputnik O‘zbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat to‘g‘risida asosiy xabarlarni to‘pladi.

Vaksina ot COVID-19 vo vremya testirovaniya v issledovatelskom sentre vaksin - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston qaysi davlat vaksinasiga qiziqish bildirmoqda

Bir sutka davomida 443 kishida koronavirus aniqlandi, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 31 747 nafarni tashkil qilmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 136 nafari Toshkent shahrida, 46 nafari Toshkent viloyatida, 13 nafari Andijon viloyatida hamda 7 nafari Buxoro viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi uchun profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Davolanish ko‘rsatkichi

Bugunning o‘zida 712 nafar bemor tuzalib, o‘z uylariga kuzatildi. Respublika bo‘ylab jami sog‘ayganlar soni 23 704 nafarga yetdi.

Ayni paytda 7 839 nafar bemorga belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. 

O‘lim holatlari

Kun davomida koronavirusga chalingan 4 nafar bemor –  Yunusobod tumanida yashagan 60 yoshli A.A. (erkak) hamda Olmazor tumanida yashagan 60 yoshli A.M. (erkak), Mirzo Ulugbek tumanida yashagan 63 yoshli Sh.Y. (ayol) hamda Shayxontohur tumanida yashagan 57 yoshli X.Q. (erkak) vafot etdi.

O‘zbekistonda jami 204 kishi pandemiya qurboni bo‘ldi.

Rossiya yoki Xitoyniki?

O‘zbekiston Rossiya va Xitoyda ishlab chiqarilgan vaksinalarni o‘rganmoqda. Bu haqda koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Rustam Ikromov brifingda ma’lum qildi.

Pervaya v mire vaksina ot koronavirusa - Sputnik O‘zbekiston
Dunyodagi COVID-19 ga qarshi birinchi vaksina qanday nomlandi

“Ayni kunlarda Rossiya va Xitoy davlatida ishlab chiqarilgan vaksinalar yuzasidan o‘rganish ishlari olib borilyapti. Bugun ham Xitoy davlatida ishlab chiqarilgan vaksinaning qo‘llanish jarayoni va samarasi xususida xitoylik va o‘zbek mutaxassislari videokonferensiya orqali fikr almashishdi. Bu muzokaralar natijasidan kelib chiqqan holda mamlakatda vaksinani qo‘llash darajasini hukumatga ma’lum qilamiz” dedi Ikromov.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya yetakchisi Vladimir Putin bugun koronavirusga qarshi birinchi vaksina ro‘yxatga olinganini e’lon qilgandi. SARS-CoV-2 koronavirusiga qarshi ilk vaksinaga “Sputnik V” degan nom berildi.

Rossiyalik mutaxassislarning yordami

Rossiya sog‘liqni saqlash vaziri guruh rossiyalik mutaxassislar koronavirusga qarshi kurashishda yordam berish uchun O‘zbekistonga jo‘nab ketishga hozirlik ko‘rayotganini ma’lum qildi.

Vatandoshlarni olib kelish

O‘zbekiston Rostov viloyatida qolib ketgan fuqarolarni mamlakatga qaytarmoqda. 10-avgust mahalliy vaqt bilan soat 13.20 da 918 nafar yurtdoshlarimiz bilan poyezd “Pervomayskaya” stansiyasidan O‘zbekistonga jo‘nadi.

Dunyo salomatligi

Dunyo bo‘ylab infeksiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 20,0 milliondan oshdi, 736 ming kishi vafot etdi, 12,2 million kishi tuzaldi. Eng ko‘p holatlar AQShda (5,1 mln), Braziliyada (3,1 mln), Hindistonda (2,3 mln).

Yangiliklar lentasi
0