Dunyodagi COVID-19 ga qarshi birinchi vaksina qanday nomlandi

© press-slujba Minzdrava RF / Mediabankka o‘tishPervaya v mire vaksina ot koronavirusa
Pervaya v mire vaksina ot koronavirusa - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiyada koronavirusga qarshi birinchi vaksina ro‘yxatga olinganini e’lon qilgan edi.

TOShKENT, 11 avg — Sputnik. Rossiyada 11-avgust kuni ro‘yxatdan o‘tgan dunyodagi yangi SARS-CoV-2 koronavirusiga qarshi vaksina “Sputnik V” deb nomlandi – 1957-yilda uchirilgan Yerning ilk sun’iy yo‘ldoshi nomi bilan o‘xshash (“Sputnik 1”). Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.

V Rossii zavershilsya perviy etap ispitaniya vaksini protiv COVID-19  - Sputnik O‘zbekiston
Putin Rossiyada COVID-19 ga qarshi birinchi vaksina ro‘yxatga olinganini e’lon qildi

“Sputnik 1” butun dunyoda kosmik tadqiqotlarni faollashtirdi. Yangi Rossiyaning COVID-19 ga qarshi vaksinasi dunyo hamjamiyati uchun “Sputnik fursati”ni yaratdi. Shu qiyoslash sabab vaksina Sputnik V nomini oldi”, - deyiladi xabarda.

Vaksina uchun allaqachon alohida sayt ochilgan. Sayt u haqida batafsil va dolzarb ma’lumotlarni yoritish va qator xalqaro OAVlarida tarqalgan dezinformatsiya kampaniyalariga qarshi kurash uchun yaratilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiyada koronavirusga qarshi birinchi vaksina ro‘yxatga olinganini e’lon qilgani xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0