TOShKENT, 11 avg — Sputnik. Hozir dunyoda koronavirusga chalinganlar 20 millionga, qurbonlar esa 750 mingga yaqinlashganiga qaramay, koronavirusga qarshi kurashda "umid uchqunlari" paydo bo‘ldi, deb bayonot qildi Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti rahbari Tedros Gebreyesus.
"Bugun ko‘pchiligingiz qayg‘udasiz. Bu dunyo uchun murakkab davr. Lekin men shunga aniqlik kiritmoqchimanki: mamlakat, mintaqa, shahar yoki shaharcha qayerda joylashgan bo‘lishidan qat’iy nazar, kurtak yozayotgan umid uchqunlari bor, COVID-19 tarqalishini to‘xtatishga hech qachon kech emas", - deya iqtibos keltiradi uning so‘zlaridan BSST matbuot-xizmati.
Gebreyesus koronavirusga qarshi kurashda koronavirusni dastlabki bosqichda oldini ololgan Yangi Zelandiya, Ruanda va Karib dengizi hamda Tinch okeanidagi qator orol-dvlatlardan namuna olishga chorladi.
"Yangi Zelandiya — koronavirusga qarshi qanday kurashish kerakligi bo‘yicha dunyo namunasidir", — deya qayd etdi u.
Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti barcha yetakchilarni harakat qilishga, fuqarolarni esa - yangi cheklov choralariga amalga qilishga chaqirdi.
"Mening da’vatim juda ham aniq: virusni bostirish, bostirish va yana bostirish lozim", — deya xotima qilgan Gebreyesus.
Sal oldin BSST rahbari ayni vaqtda koronavirusga qarshi ideal preparat yo‘qligi va ehtimol, paydo bo‘lmasligi haqida gapirgan edi.
BSST taxminiga ko‘ra, koronavirus epidemiyasi hali "uzoq" davom etishi mumkin.
Kuni kecha, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev fuqarolar hayoti va sog‘lig‘i himoyasini yanada kuchaytirgan holda, pandemiya sharoitida yashash va ishlashda davom etish, karantin talablarini bosqichma-bosqich yumshatish muhimligini ta’kidlagandi.
Jonsa Xopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda koronavirus infeksiyasiga chalinganlar soni 20 milliondan oshgan. Shulardan 733 mingdan oshig‘i qurbon bo‘lgan. Sog‘ayganlar soni 12,2 milliondan ziyod.