COVID-19 siri: olimlarni tuzalgan odamlarda antitanachalar yo‘qligi hayratga soldi

© REUTERS / Aly SongPuteshestvennik v zashitnoy maske na vokzale Uxanya
Puteshestvennik v zashitnoy maske na vokzale Uxanya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sog‘ayib ketgan odamlarda koronavirusga antitanachalarning yo‘qligi bu kasallik sirlaridan biri, deb hisoblaydi rossiyalik immunolog.

TOShKENT, 10 avg - Sputnik. Koronavirusning yangi shtammi bilan og‘rib chiqqan ba’zi bemorlarda infeksiyaga qarshi antitanachalar hosil bo‘lmaydi. Bu haqda RFA akademigi, Sankt-Peterburg bosh immunologi, Paster nomidagi Epidemiologiya va mikrobiologiya ilmiy-tadqiqot instituti direktori Areg Totolyan “Izvestiya” gazetasi bilan suhbatda aytdi.

Mutaxassis ushbu vaziyatni SARS-CoV-2 koronavirusining sirlaridan biri deb atadi.

"Biz COVID-19 dan sog‘aygan 200 dan ortiq bemorlarni kuzatib, ularni batafsil o‘rganib chiqmoqdamiz. Alohida e’tiborni tashxis aniq qo‘yilganlarga, ammo turli ishlab chiqaruvchilarning besh hil sinov tizimidan kelib chiqqan holda antitanachalari ishlab chiqilmayotganlarga qaratmoqdamiz", - dedi immunolog.

Totolyanning iqror bo‘lishicha, kasal bo‘lgan bemorlarda antitanachalar yo‘qligi holatlari, ilgari shifokorlar kutgan holatlarga qaraganda ko‘proq uchramoqda.

Mutaxassis ta’kidlashicha, antitanachalar odatda immunitet tanqisligi sharoitida ishlab chiqilmaydi, ammo hayotda bunday odamlar uncha ko‘p emas. Shuning uchun kasal bo‘lib chiqqanlarda koronavirusga qarshi antitanachalarning yo‘qligini diqqat bilan o‘rganish kerak, dedi u.

Shuningdek, mutaxassislarni koronavirusga sezgir bo‘lmagan odamlar toifasi hayratga solmoqda.

Izobrajenie novogo koronavirusa atipichnoy pnevmonii SARS-CoV-2. Takje izvestniy kak 2019-nCoV - Sputnik O‘zbekiston
Olimlar koronavirusning zaif joyini aniqladi

"SARS-CoV-2ga sezgir bo‘lmagan odamlar guruhi bor. Biz "qizil hududda 3-4 oylab yuzlab bemorlar bilan muloqotda bo‘lib ishlagan ba’zi shifokorlarni sinchkovlik bilan tekshirib  chiqdik, lekin ularda antitanachalar aniqlanmayapti", - deb tushuntirdi u.

Immunologning fikriga ko‘ra, bunday odamlarni o‘rganish koronavirus bilan kurashishning universal vositasi haqida savolga javob beradi.

Yangiliklar lentasi
0