Rossiya COVID-19 ga qarshi kurashishda yordam berish uchun O‘zbekistonga mutaxassis yuboradi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishVrachi v kabinete kompyuternoy tomografii meditsinskogo issledovatelskogo sentra
Vrachi v kabinete kompyuternoy tomografii meditsinskogo issledovatelskogo sentra - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya sog‘liqni saqlash vaziri guruh rossiyalik mutaxassislar koronavirusga qarshi kurashishda yordam berish uchun O‘zbekistonga jo‘nab ketishga hozirlik ko‘rayotganini ma’lum qildi.

TOShKENT, 11 avg — Sputnik. Bir guruh rossiyalik mutaxassislar koronavirusga qarshi kurashishda yordam berish uchun O‘zbekistonga jo‘nab ketishga tayyor. Bu haqda Rossiya sog‘liqni saqlash vaziri Mixail Murashko ma’lum qildi.

Vaksina ot COVID-19 vo vremya testirovaniya v issledovatelskom sentre vaksin - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyaning koronavirusga qarshi vaksinasi dunyoda birinchi bo‘lib ro‘yxatga olinadi

“Biz xalqaro faoliyatimizni ham davom ettirmoqdamiz. Shuni ta’kidlab o‘tmoqchimanki, mutaxassislarimiz Qozog‘iston Respublikasidan o‘z vazifalarini bajarib qaytdilar. O‘zbekistonga jo‘natiladigan mutaxassislar guruhi tayyorlanmoqda”, - dedi Murashko.

Avvalroq Rossiya SSV rahbari hozirda Rossiyaning COVID-19 ga qarshi vaksinasini tarkibida O‘zbekiston ham bo‘lgan Shanhay hamkorlik tashkiloti davlatlariga yetkazib berishga doir muzokaralar olib borilayotganini ma’lum qilgan edi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus bilan kasallanganlar 31 545 nafarni tashkil etmoqda. Shulardan 22 992 nafari sog‘ayib ketgan. 202 kishi virus qurboniga aylangan.

Yangiliklar lentasi
0