Oʻzbekistonda koronavirusga chalingan bermorlarning 20 mingdan ziyodi sogʻaydi

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Mediabankka oʻtishVrach v gospitale dlya lecheniya zarajennыx koronavirusnoy infektsiyey COVID-19
Vrach v gospitale dlya lecheniya zarajennыx koronavirusnoy infektsiyey COVID-19 - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Yangi kasallanish holatlari oltita hududda: Toshkent shahrida, Samarqand, Toshkent, Namangan va Navoiy viloyatlarida, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasida aholi orasida aniqlangan.

TOSHKENT, 8 avg - Sputnik. Bugunga qadar Oʻzbekistonda 20 380 nafar koronavirus infektsiyasiga chalingan fuqarolar sogʻaygan, deb xabar qildi mamlakat Sogʻliqni saqlash vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi.

Izobrajeniye novogo koronavirusa atipichnoy pnevmonii SARS-CoV-2. Takje izvestnыy kak 2019-nCoV - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Olimlar koronavirusning zaif joyini aniqladi

8 avgust 10.00 holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 29459 nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlari oltita hududda: Toshkent shahrida (185 nafar), Samarqand viloyatida (28), Toshkent viloyatida (10), Namangan viloyatida (5), Qoraqalpogʻiston Respublikasida (4), Navoiy viloyatida (2) aholi orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, tun davomida koronavirusga chalingan Toshkent shahrining Yunusobod tumanida yashagan 65 yoshli ayol hamda Toshkent shahri Uchtepa tumanida yashagan 84 yoshli bemorlar vafot etishgan. 

Vaktsina ot COVID-19 vo vremya testirovaniya v issledovatelskom tsentre vaktsin - Sputnik Oʻzbekiston
Rossiyaning koronavirusga qarshi vaktsinasi dunyoda birinchi boʻlib roʻyxatga olinadi

Infektsiya qurbonlari soni jami 185 nafarni tashkil qilmoqda.

Respublikada 8894 nafar bemorga belgilangan standartlar boʻyicha davo choralari koʻrilmoqda. Ulardan 786 nafari ogʻir, 275 nafari esa oʻta ogʻir ahvolda.

Eslatib oʻtamiz, Butunjahon sogʻliqni saqlash tashkiloti taqdim etgan soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, dunyo boʻyicha 18 902 735 inson ushbu infektsiyani yuqtirgan, qurbonlar soni 709 511 nafarga yetgan.

Yangiliklar lentasi
0