Olimlar koronavirusning zaif joyini aniqladi

© AP PhotoIzobrajenie novogo koronavirusa atipichnoy pnevmonii SARS-CoV-2. Takje izvestniy kak 2019-nCoV
Izobrajenie novogo koronavirusa atipichnoy pnevmonii SARS-CoV-2. Takje izvestniy kak 2019-nCoV - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kanzas shtati universiteti olimlari koronavirusning zaif joyini aniqladi. Sichqonlarda sinalgan dori koronaviruslarining ko‘payishini blokirovka qilishi ma’lum bo‘ldi.

TOShKENT, 6 avg — Sputnik. Olimlar SARS-CoV-2 virusining “zaif joyi”ni aniqladi. Tadqiqot Science Daily portalida chop etildi.

Nagasakida atom bombasi portlashidan so‘ng qo‘ziqorin shaklida bulut hosil bo‘ldi. - Sputnik O‘zbekiston
Yerdagi jahannam: AQShning Yaponiya shaharlariga atom bombasini tashlashi

Kanzas shtati universiteti mutaxassislari koronavirusga qarshi terapevtik vositani sinab ko‘rdi va 3S-ga o‘xshash proteaz (3CLpro) SARS-CoV-2 rivojlanishidagi asosiy ferment ekanligini aniqladi.

Laboratoriya sichqonlarida ushbu proteazlar tekshirilganda, preparat virus ko‘payishini to‘xtatdi.

Tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra, virusning "zaif joyi"ga bunday ta’sir nafaqat MERS ning, balki MERS-CoV va SARS-CoV-2 koronaviruslarining ko‘payishini blokirovka qilishga imkon beradi. Keyingi qadamda mutaxassislar preparatning odamlarda samaradorligini sinab ko‘rish zarurligini ta’kidladilar.

Yangiliklar lentasi
0